Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW
Страница 193
O'zbek 25
Ishga tushirishdan avval
2-qadam Cho‘ntaklarni bo‘shatish
Yuviladigan kiyimlarning barcha cho‘ntaklarini bo‘shating
• Kiyimlardagi tanga, to‘g‘nag‘ich va to‘qa kabi buyumlar boshqa kiyimlarni hamda barabanni shikastlashi mumkin.
Tugma va kashtali kiyimlarni ichini ag‘darib soling
• Agar yuvish vaqtida shim va kurtkalarning zamoklari ochiq bo‘lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Zamoklar yopilishi va ip
bilan bog‘lab qo‘yilishi kerak.
• Uzun bog‘ichlari bo‘lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval iplarning
biriktirib qo‘yilganligiga ishonch hosil qiling.
3-qadam Kir yuvish to‘rini ishlating
• Siynabandlar (suvda yuvish mumkin bo‘lgan) kir yuvish to‘riga joylashtirilishi kerak. Siynabandlarning metall qismlari
boshqa kirlarni teshishi va yirtishi mumkin.
• Paypoq, qo‘lqop, chulki paypoqlari va ro‘molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni
nozik materialdan qilingan kir yuvish to‘r qopchalariga joylashtiring.
• Kir yuvish to‘r qopchasining o‘zini yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.
4-qadam Dastlabki yuvish (zarur bo‘lsa)
Kiyimlar juda kirlangan bo‘lsa, tanlangan sikl uchun Dastlabki yuvish opsiyasini tanlang. Dastlabki yuvish variantini tanlaydigan
bo‘lsangiz, asosiy yuvish bo‘lmasiga kukunsimon yuvish vositasi soling.
5-qadam Yuklanish hajmini aniqlang
Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Haddan tashqari ko‘p kiyim solinsa, mashina to‘g‘ri yuvmasligi mumkin.
Kiyim turiga oid yuklanish sig‘imini bilish uchun 32-betga qarang.
IZOH
Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda, yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin. Choyshablar yoki
yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig‘imi 2,0 kg yoki undan kam.
DIQQAT
Kirlar bir tekis taqsimlanmagan bo‘lsa va “Ub” axborot kodi ko‘rsatilsa, kirlarni qayta taqsimlang. Bir tekis taqsimlanmagan kir
barabanning aylanishini kamaytiradi.
WW6000J-03580U-00_UZ.indd 25
6/22/2016 7:42:22 PM