Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ ХТ 1001

Страница 26

Advertising
background image

26

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

9 U T I L L A S H T I R I S H

9.1 Sovutgichni upakovka qilish uchun qo‘llaniladigan materiallar

ikkilamchi xom-ashyoni qabul qilish bo‘yicha shahobchalarga
topshirilsa, to‘liqligicha qayta ishlanishi va takroran ishlatilishi mumkin.

DIQQAT! Bolalarga upakovka materiallari bilan o‘ynashga

ruxsat bermang, chunki karton qutida qamalib yoki upakovka
tasmasiga o‘ralib qolib dimiqib qolish xavfi mavjud.

9.2 Utillashtirish lozim bo‘lgan sovutgichni quvvat yetkazish

shnurini kesib tashlash orqali yaroqsizlikka keltirish va mamlakatning
amaldagi qonunchiligiga muvofiq utillashtirish kerak bo‘ladi.

10 KAFOLAT MAJBURIYATLARI VA TEXNIK XIZMAT

10.1 Sovutgichdan foydalanishning kafolatli muddati 2 yil.
Foydalanishning kafolatli muddati sotilish sanasidan boshlab

hisoblanadi, agar sotilish haqidagi belgi bo‘lmasa – mahsulotning zavod
raqamida ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasida hisoblanadi (kafolat
kartasiga qarang).

10.2 Kafolat lyuminissent lampa, zichlagich va eshik dastachasi

(dastachalari), yog’och tokcha va ko’mir filtrga (mavjudligida) joriy
qilmaydi.

10.3 Kafolat majburiyatlari quyidagi xolatlarda bajarilmaydi:
– servis tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslar tomonidan

ta’mirlash amalga oshirilsa;

– mahsulotdan harakat qiluvchi transportning barcha turlarida

foydalanilsa;

– foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada bayon etilgan o‘rnatish,

yoqish, foydalanish qoidalariga va xavfsizlik talablariga rioya qilinmasa;

– mahsulotdagi va uning tarkibiy qismlaridagi mexanik, kimyoviy

va termik shikastlar bo‘lsa;

– favqulotda sharoitlar yoki bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch ta’siri

(yong‘in, tabiiy ofat va h.k.), uy hayvonlari, hasharotlar va kemiruvchilar
ta’siri natijasida mahsulotda shikastlar paydo bo‘lsa.

10.4 Foydalanishning kafolatli muddatida sovutgich ishining

sifatini tekshirish bepul amalga oshiriladi. Sovutgichni kafolat bo‘yicha
ta’mirlash uchun yetkazib berish va ta’mirdan so‘ng qaytarib olib kelish
kafolat bo‘yicha ta’mirni amalga oshiruvchi tashkilotlarning o‘z kuchi
va vositalari bilan amalga oshiriladi.

Agar tekshirish vaqtida sovutgichdagi nuqson tasdiqlanmasa,

transport xarajatlarini uning egasi servis xizmati preyskuranti bo‘yicha
to‘laydi.

DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) mahsulotni o‘rnatish,

yoqish va undan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik natijasida
iste’molchining hayoti, salomatligi yoki mulkiga keltirilgan zarar
uchun javobgar emas.

Iste’molchi, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining huquq va

majburiyatlari “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqida”gi Qonun
bilan belgilanadi.

Sovutgichdan foydalanish shartlarini buzish natijasida nuqsonlar

paydo bo‘lsa transport xarajatlarini va ta’mirlashni uning egasi servis
xizmati preyskuranti bo‘yicha to‘laydi.

10.5 Muzlatgichga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash

butun xizmat muddati davomida servis xizmatining malakali mexanigi
tomonidan amalga oshirilishi lozim.

10.6 Servis xizmatining joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni

muzlatgichni sotgan tashkilotdan olish, shuningdek, yetkazib berish
to‘planmasi tarkibiga kiruvchi servis tashkilotlari ro‘yxatidan olish
lozim bo‘ladi.

DIQQAT! Servis xizmati mexanigidan muzlatgich xizmati

muddati davomida bajarilgan barcha ishlar bo‘yicha 2-jadvalni
to‘ldirishni talab qiling (35-betga qarang).

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: