Kir yuvish mashinasini o’rnatish, Suvni chiqarish, Pol qoplamasi – Инструкция по эксплуатации Samsung WF8590NMW9
Страница 135: Atrof-muhit harorati, Tokcha yoki javonga o’rnatish
kir yuvish mashinasini o’rnatish _15
01 kir yuvish mashinasini o’rnatish
Suvni chiqarish
Samsung kompaniyasi balandligi 46 sm bo’lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya qiladi. Suv
chiqarish shlangi mashinaning orqa devorida joylashgan suv chiqarish shlangi qisqichi orqali suv
chiqarish trubasiga tomon o’tkazilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish shlangining tashqi
diametriga mos kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo’lishi kerak. Suv quyish
shlangi kir yuvish mashinasiga ishlab chiqaruvchi zavodda biriktiriladi.
Pol qoplamasi
Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o’rnatilgan bo’lishi
kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog’och
pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarning
vujudga kelishiga ko’maklashadi, bunda siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga
moyilligi kuzatiladi.
Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg’un sirtlarga o’rnatmang.
Atrof-muhit harorati
Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo’lgan joylarga o’rnatmang, chunki suv klapani,
nasos va shlanglarda doimo oz miqdordagi suv qoladi. Trubalardagi muzlagan suv tasmalar,
nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Tokcha yoki javonga o’rnatish
Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to’g’ri ishlashi uchun uni o’rnatishda quyidagi eng kam
darajadagi zazorlar qoldirishga amal qilish kerak.
Yon tomonlar bo’yicha - 25 mm
Orqadan - 51 mm
Yuqoridan - 25 mm
Oldindan - 465 mm
Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birgalikda o’rnatilgan bo’lsa, tokcha yoki javonning old
tomonida havo almashishi uchun uzunligi kamida 465 mm bo’lgan bo’sh joy qoldirilishi kerak. Kir
yuvsih mashinasi alohida o’rnatilgan hollarda havo almashishi talab qilinmaydi.
KIR YUVISH MASHINASINI O’RNATISH
1-QADAM
Kir yuvish mashinasini o’rnatish uchun joyni tanlash
Kir yuvish mashinasini o’rnatishdan avval o’rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob
berishiga ishonch hosil qiling.
• Gilam qoplama yoki havo almashishiga to’sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega
bo’lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi.
• To’g’ridan-to’g’ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi.
• Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi.
• Xonadagi haroratning 0 °C dan past bo’lmasligi.
• Moyli yoki gas isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi.
• Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o’tmasligi uchun yetarli
darajadagi joyning mavjudligi.
WF8590NM-02796G-10_UZ.indd 15
2013-12-12 11:59:39