Инструкция по эксплуатации Samsung WF8590NMW9
Страница 122
2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari
yangi samsung kir yuvish
mashinasining funksiyalari
Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.
• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni
Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning
kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar
terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar
turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga
oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza
ko’rinishiga erishiladi.
• “Bolalardan qulflash” funksiyasi
“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini
oldini olishga imkon beradi. Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini
ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u faollashtirilgan hollarda signal beradi.
• Kir yuvish kechiktirish
Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa
ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish
qulayligini yanada oshiradi.
• Tezkor kir yuvish
Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! 30 daqiqadan ko’p vaqtni olmaydigan kir
yuvish sikli vaqtingizni tejashga yordam beradi.
Bizning 29 daqiqalik tezkor kir yuvish dasturi – band bo’lganlar uchun ajoyib yechim. Sevimli
kiyimni endi atigi 29 daqiqada yuvish mumkin!
• Qo’lda kir yuvish dasturi
Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir
yuvishga erishiladi.
• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va
elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)
Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki
barobar uzoqroq xizmat qiladi.
Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti
kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.
WF8590NM-02796G-10_UZ.indd 2
2013-12-12 11:59:38