Инструкция по эксплуатации Samsung WF-T592NMW
Страница 152
32_ kir mashinasini tozalash va xizmat ko'rsatish
MUZLAB QOLGAN KIR YUVISH MASHINASINI TA’MIRLASH
Agar harorat suv muzlab qolish nuqtasidan pastroq tushid ketsa va kir yuvish mashinasi muzlab qolgan
bo’lsa, quyidagi harakatlarni bajaring:.
1. Kir yuvish mashinasini rozetkadan olib qo’ying.
2. Shlangni ajratib qo’yish uchun suvni quyish shlangi ulangan vodoprovod jo’mragi ustidan iliq
suvni quying.
3. Suvni quyish shlangini yeching va uni iliq suvga solib qo’ying.
4. Kir yuvish mashinasining barabaniga iliq suvni quyib, uni 10 daqiqaga barabanda qoldiring.
5. Suvni quyish shlangini qaytadan jo’mrakka ulang hamda suvni quyish va chiqarish funksiyalar
sozligini tekshiring.
KIR YUVISH MASHINASINI SAQLASH
Agar kir yuvish mashinasini uzoq muddat ichida saqlash zaruriyati bo’lsa, eng yaxshisi suvni to’kib tashlash
va o’zgaruvchan tok tarmog’idan mashinani o’chirib qo’yish lozim. Kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi
mumkin, agar uni saqlashga joylashtirishdan oldin shlanglardan va ichki qismlardan suv chiqarilmagan
bo’lsa.
1. Tezkor 29’ rejimini tanlang va oqartirish uchun bo’limga oqartirgichni qo’shing. Kir yuvish
mashinasida kirni yuklamasdan kir yuvish siklini ishga tushiring.
2. Vodoprovod jo’mraklarini burab qo’ying va suvni quyish shlanglarni uzib qo’ying.
3. Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’idan ajratib qo’ying va barabanga toza havo kelishi
uchun eshikni ochiq holda qoldiring.
Agar mashina Selsiy bo’yicha 0 darajadan pastroq haroratda saqlangan bo’lsa, unda uni
ishlatishdan oldin mashinadagi suv erib ketishi uchun ma’lum vaqt bering..
Kir yuvish mashinasini tozalash
va xizmat ko’rsatish
WF-M592NM-02796A-14_UZ.indd 32
2013-12-12 13:23:46