Kir yuvish mashinasini o’rnatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF-T592NMW
Страница 140
20_ Kir yuvish mashinasini o’rnatish
Suvni chiqarish shlangini ulash
Suvni chiqarish shlangining uchini uch usulda joylashtirish mumkin.
1. Rakovina yon devori orqali: suv chiqarish shlanggi 60-90 sm balandlikda joylashishi
kerak. Suv chiqarish shlangining uchi egilgan bo’lishi uchun kir yuvish mashinasining
to’plamida mavjud bo’lgan shlangni plastmassa ushlagichidan foydalaning. Suv chiqarish
shlangi joyidan siljib ketmasligining oldini olish uchun ushlagichni ilgak yordamida
devorga yoki arqon yordamida vodoprovod jo’mragiga mahkamlab qo’ying.
2. Rakovinani suv chiqarish quvurining tirqishiga: suv chiqarish quvurining ajralgan joyi
shlang uchi pol sathidan 60 sm pastroq bo’lishi uchun rakovinaning suv chiqarish
sifonidan yuqoriroq joylashishi kerak.
3. Suv chiqarish quvurida: 65 sm balandlikka ega vertikal quvurdan foydalanish tavsiya
etiladi; u 60 sm kalta va 90 sm uzun bo’lmasligi kerak.
5-QADAM
Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’iga ulash
Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi eruvchan saqlagich yoki 15A li avtomatik vklyuchatel
bilan himoyalangan 220-240 V, 50 Gz rozetkaga ulang. (Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo’lgan
talablar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 14-betga qarang).
Sinovdan o’tkazish
O’rnatishni tugatgach Chayish+Siqish dasturini qo’llab kir mashinasi ishlashini tekshirib
ko’ring.
Kir yuvish mashinasini o’rnatish
Suv chiqarish shlangi
Shlang ushlagichi
60 – 90 см
WF-M592NM-02796A-14_UZ.indd 20
2013-12-12 13:23:43