Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ СМА 50У89 приложение

Страница 21

Advertising
background image

21

UZB

Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Allergiyani qo’zg’atmaydigan kir yuvish

(AntiAllergy)

yosh bolalar kiyimlari, kir yuvish vositalariga allergiyasi bo’lgan kishilarga
tegishli buyumlar yoki kir yuvish vositasi yaxshi chayilmaydigan juda
yumshoq suvda kir yuvish uchun mo’ljallangan.

Funksiya yoqilganda kir yuvish dasturiga yana bir chayish kiritiladi.
Bolalardan himoya yosh bolalar tomonidan kiritilgan dastur

tasodifan o’zgartirilib yuborilishini oldini olish uchun mo’ljallangan.
Funksiyani yoqish uchun bir vaqtda

va

tugmalarini bosing —

boshqaruv panelidagi barcha tugmalar blokirovka qilinadi.

va

tugmalarining takror bosilishi funksiyani bekor qiladi.

1.2 CHIROQLI INDIKATORLAR
1.2.1
Mashinaning ishlash indikatsiyalari zonasida 3 rasmdagi kabi

chiroqli indikatorlar mavjud.

Kir yuvish operatsiyalari indikatori:

– kir yuvish,

– chayish,

– siqish va suv to’kish.

Operatsiyalar indikatori mashinaning kiritilgan dastur bo’yicha

ishlash vaqtida ketma ket yonadi.

Qo’shimcha funksiyalar indikatori, shu jumladan yosh

bolalardan himoya indikatori , qo’shimcha funksiyalar tanlanganda
yonadi (1.1.2 ga qarang).

1.3 TOVUSHLI SIGNALNI YOQISH/O’CHIRISH
1.3.1
Mashinada tovushli signal mavjud. Tovushli signal mashina

ishining boshlanishi va tugashini bildiradi, qolaversa, mos kelmaydigan
funksiyalar kiritilganda, tasodifan mashina ishlab turgan paytda
tugmalar bosilganda hamda nosozliklarda tovushli signal eshitiladi.

Tovushli signalni o’chirish uchun (nosozlikni anglatuvchi

signallardan tashqari) bir vaqtda

va

tugmalarini bosish kerak.

va

tugmalarining takroran bosilishi tovushli signalni yoqadi.

1.4 MASHINANI YOQISH VA DASTURNI TANLASH
1.4.1
Mashinani yoqish uchun 2 rasmdagi kabi dastakni

dasturlarning kir yuvish bo’limiga o’rnating. Mashinaning ishlash
indikatsiya zonasida yonadi: tanlangan dasturning kir yuvish
operatsiyalari indikatori, kir yuvish harorat birligi va siqish tezligi
indikatori.

1 jadvalga muvofiq dastur tanlanganda ishlab chiqaruvchi (siqish

tezligi, kir yuvish harorati va b.) tomonidan kiritilgan kir yuvishning
asosiy xossalar avtomatik tarzda kiritiladi.

1.4.2 Dasturni tanlash faqatgina kir yuvishni boshlashdan avval

bajariladi. Mashina ishlab turganda (uni o’chirmasdan) dastakni yangi
dastur bo’limiga o’zgartirish ilgari kiritilgan dasturni o’zgartirishga
imkon bermaydi.

1.4.3 Dasturni tanlagandan keyin 1.5 — 1.7 ga muvofiq kir yuvish

xossalarini o’zgartirish va qo’shimcha funksiyalarni tanlash mumkin.

1.5 HARORATNI TANLASH
1.5.1
3 rasmga muvofiq tugmasini bosish bilan dasturda nazarda

tutilgan kir yuvish haroratini o’zgartirish mumkin. Tugma ketma-ket
bosilsa, harorat birliklari maksimal haroratdan tortib 20

0

C gacha keyin

takrorlanib indikatorda raqam bilan yonadi. Mashinada tanlanadigan kir
yuvish harorat birliklari – 20

0

C, 30

0

C, 40

0

C, 60

0

C, 90

0

C.

1.6 SIQISH TEZLIGINI TANLASH
1.6.1
3 rasmga muvofiq

tugmasini bosish bilan dasturda

nazarda tutilgan siqish tezligini kamaytirish mumkin. Tugma ketma-
ket bosilsa, siqish tezligi birliklari maksimal tezlikdan tortib

(siqish

o’chirilgan) gacha keyin takrorlanib indikatorda raqam bilan yonadi.

Tanlanadigan siqish tezligi birliklari – maksimaldan (mashina

modeliga qarab) tortib minimal

(siqish o’chirilgan).

DIQQAT! Asosiy operatsiyalar orasidagi siqish tezligi

boshqarilmaydi va tanlangan dasturga bog’liq bo’ladi.

1.7 QO’SHIMCHA FUNKSIYANI TANLASH
1.7.1
Qo’shimcha funksiyani tanlash uchun tegishli tugmani bosish

kerak – 3 rasmga muvofiq indikator yonadi. Takroran bosilsa chiroqli
indikator o’chadi, funksiya bekor qilinadi.

Qo’shimcha funksiyalarni tanlash faqatgina kir yuvishni boshlashdan

avval bajarilishi mumkin. Mashina ishlab turgan vaqtda tugmalar bosilsa
uch marta tovushli signal chiqadi - qo’shimcha funksiya yoqilmaydi.

DIQQAT! Agar tanlangan funktsiya tanlangan dastur bilan

mos kelmasa, tovushli signal eshittiriladi, indikator yonmaydi va
funktsiya ishga tushmaydi.

1.8 DASTURNI YOQISH VA KIR YUVISHNI BOSHLASH
1.8.1
Mashinani kiritilgan dasturda ishlashni boshlashi uchun

tugmasini bosish kerak – tugma indikatori yonadi, tovushli signal

chiqadi, eshikni blokirovkalovchi qurilma ishga tushadi va kir yuvish
boshlanadi. Kir yuvish vaqtida kir yuvishda bajarilayotgan operatsiya
indikatori, harorat indikatori, siqish tezligi va qo’shimcha funksiya ham
yonadi (agar kiritilgan bo’lsa).

1.8.2 Buyumni ohorlash kir yuvishdan keyin bajarilishi tavsiya

etiladi. Ohorlash uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan
kraxmallash uchun mo’ljallangan maxsus vositani mashinaga taxminan
15 litr suv solinishini inobatga olgan holda suvda eritish lozim. Ohorlash
uchun suyuq moddani mashina lotogiga foydalanish qo’llanmasiga
(6 bo’lim) muvofiq soling. Dastakni “CHAYISH” dasturiga o’rnating,
siqish tezligini tanlang, zarurat bo’lganda

tugmasini bosgan holda

dasturni yoqing.

DIQQAT! Ohorlash uchun mo’ljallangan buyumga konditsioner

bilan ishlov berilmagan bo’lishi kerak.

1.9 MASHINA ISHIDA PAUZA
1.9.1
Zarurat tug’ilganda

tugmasini bosib 3 sonida ushlab

turish bilan dasturni bekor qilmasdan turib mashina ishini to’xtatib turish
mumkin – tovushli signal chiqadi,

tugma indikatori miltillaydi, kir

yuvish to’xtaydi. Eshikni blokirovkalovchi qurilma o’chganidan keyin
2 daqiqadan so’ng eshikni ochish mumkin.

Kir yuvishni davom ettirish uchun

tugmasini bosish kerak.

Mashina dasturni bajarishni kir yuvish amaliyoti to’xtagan vaqtdan
davom ettiradi, kir yuvish vaqti uzayishi mumkin.

Ayrim dasturlarda mashina ishini to’xtatishning iloji yo’q, chunki

kir yuvish katta hajmdagi suv bilan bajarilishi nazarda tutilgan. Agar kir
yuvish vaqtida eshikni ochish kerak bo’lsa, dasturni bekor qilish kerak.
(1.10 ga qarang).

DIQQAT! Agar barabandagi suvning hajmi eshik derazasida

ko’z bilan aniqlansa, mashina eshigini ochmang.

1.10 DASTURNI BEKOR QILISH
1.10.1
Bajarilayotgan dasturni bekor qilish uchun dastakni

belgisiga o’rnatish kerak – mashina o’chadi va bajarilayotgan dastur
bekor qilinadi. Eshikni ochish zarurati tug’ilsa, “SUV TO’KISH” dasturini
tanlash bilan suvni to’kib tashlash kerak.

1.11 MASHINANI O’CHIRISH
1.11.1
Kir yuvishning oxirgi operatsiyasi yakunlangandan keyin 2

daqiqadan keyin eshikni blokirovkalovchi qurilma o’chadi, tovushli signal
chiqadi.

tugmasining indikatori o’chadi va kir yuvish operatsiyalari

indikatorlari yonadi.

Agar mashina elektr tarmog’idan o’chirilmagan bo’lsa, tovushli

signal 1 daqiqali interval bilan 5 marta chiqadi.

1.11.2 Kir yuvish yakunlangandan keyin dastakni belgisiga

o’rnatish bilan mashinani o’chirish kerak, ta’minot rozetkasidan shnur
vilkasini chiqaring va suv uzatishni yopish kerak. Eshikni oching va
buyumlarni oling.

2 K I R Y U V I S H DA ST U R L A R I

2.1 Mashinada 1 jadvalga muvofiq kir yuvishning (Paxta, Sintetika,

Jun mato) va maxsus (Qo’lda, Jinsi, Tez 15`, Sport, Bolalar kiyimi,
Chayish, Suv to’kish, Siqish) dasturlari mavjud.

2.2 Maxsus dasturlar yuvilayotgan buyumlarnin o’ziga xosligini

inobatga oladi.

«

Qo’lda» markirovkasida

yoki

belgilari bo’lgan juda yupqa

va mayin matolarni yuvish uchun mo’ljallangan.

Dastur qisqa ehtiyotli siqishlar bilan tugallanadi.
«

Jinsi» — jinsi matoli buyumlarni yuvish uchun dastur. Kir yuvish

jarayonida jinsi matodan pix va rang chiqish ehtimoli maksimal darajada
pasaytiriladi.

«

Tez 15'» bir oz ifloslangan uncha ko’p bo’lmagan miqdordagi

buyumlarni vaqt va elektrenergiyani tejagan holda tez yuvish uchun
mo’ljallangan. Ushbu dasturdan foydalanib turli matoli (jun mato va ipak
hamda qo’lda yuvishga mo’ljallangan matolardan tashqari) buyumlarni
sovuq suvda yuvish mumkin.

«

Sport» — turli sport kiyimlari, oyoq kiyimlar hamda ayrim turdagi

sport inventarlari (futbol, volleybol koptoklari, tennis koptokchalari
va b.)ni yuvishga mo’ljallangan. “Sport” dasturidan mashg’ulotlar
oralig’ida buyumga tozalik berish uchun yuvishda foydalaniladi. Sport
oyoq kiyimlari va inventarlarni yuvishda siqish tezligini 400 ay/daq.
tanlash tavsiya etiladi.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: