Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-3970 Y

Страница 60

Advertising
background image

ЎЗБЕК

0

36. kiritishni bekor qilish tugmasi CLEAN

37. ranglar tizimini tanlash tugmasi P/N

38. tashuvchini tanlash tugmasi DVD/USB/CARD

Ta’minot elementlarini masofadan boshqarish pultiga o’rnatish

• Batareykalarni masofadan boshqarish pultining tegishli bo’linmasiga kiriting.

• Pultdan uzoq vaqt foydalanmaydigan bo’lsangiz, batareykalarni olib qo’ying.

• Batareykalarni o’z vaqtida almashtiring.

ULASHLAR

Diqqat: magnitolangizni boshqa uskunalarga ulashni boshlashdan avval magnitola va boshqa

uskunalarning elektr ta’minoti o’chirilganligiga ishonch hosil qiling.

Quloqliklarni ulash

Musiqani quloqliklar orqali tinglash uchun (etkazib berishning to’plamiga kirmaydi) ularni Phones

uyasiga ulang. VOLUME sozlagichi yordamida kerakli ovoz balandligining darajasini o’rnating.

Quloqliklarni ulaganda magnitolaning dinamiklari avtomatik ravishda o’chiriladi.

Diqqat! Quloqliklar orqali katta ovoz balandligidagi tovushlarni tinglamang. Shifokorlar quloqliklar orqali

uzoq to’xtovsiz tinglashni tavsiya etmaydi.

Videosimlarni ulash

Televizoringizning imkoniyatlaridan kelib chiqib, quyida sanab o’tilgan ulashlar turlaridan eng yaxshi

mos keladigan turini tanlang.

(1) Kompozitli videosignal

Standart sifatli tasvirlarni ko’rish uchun magnitolangizning kompozitli video signal chiqish uyasini

(VIDEO) televizor yoki monitorning tegishli kirish uyasiga ulang, buning uchun yetkazib berish

to’plamiga kiruvchi audio- videokabelning (A/V) uchlaridagi sariq shtekerli bitta simidan foydalaning.

(2) S-Video uyasi

Yaxshilangan sifatli tasvirlarni ko’rish uchun S-Video simi bilan magnitolangizning S-VIDEO uyasini

televizor yoki monitorning tegishli kirish uyasiga ulang (etkazib berish to’plamiga kirmaydi).

(3) Komponentli videochiqish

Yuqori sifatli tasvirlarning aniq rangli uzatilishi uchun tegishli kabel bilan komponentli videosignalning

chiqish uyalarini Y Cb Cr (qizil/ko’k/yashil) televizor yoki monitorning tegishli kirish uyalariga ulang

(etkazib berish to’plamiga kirmaydi).

Eslatmalar:

• Faqat tizimni to’g’ri ulashda va yaxshi sozlaganda yaxshi tasvirga ega bo’ish mumkin.

3970IM.indd 60

18.06.2008 10:29:30

Advertising