Ehtiyotkorlik choralari, Muhim xavfsizlik belgilari va ehtiyot choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802NFWS
Страница 136
4_ ehtiyotkorlik choralari
ehtiyotkorlik choralari
Yangi Samsung ActivFresh™ kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu
qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash
bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko’pgina afzalliklari va
imkoniyatlaridan to’liq darajada foydalana olishingiz uchun ushbu qo’llanmani o’qib chiqqani
vaqt toping.
XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI TO’G’RISIDA NIMALARNI BILISH KERAK
Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni
bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bilan o’qib chiqing. Sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin
bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu
mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar
va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda siz sog’lom fikr bilan ish
ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir yuvish
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham
sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, sizga eng yaqin bo’lgan
xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping
MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI
Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar
quyidagi ma’nolarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH!
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy
jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin.
DIQQAT!
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik yengil
jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT!
Yong’in kelib chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini
kamaytirish uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi ehtiyot
choralariga amal qiling.
Buni qilishga urinmang.
Qismlarga ajratmang.
Tegmang.
Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.
Elektr toki urishini oldini olish uchun kir yuvish mashinasining yerga ulanganligiga
ishonch hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Izoh.
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu
yerga joylashtirilgan.
Iltimos, ularga qat’iy amal qiling.
Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan
ma’lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.
WF1802NFWS-02974B-08_UZ.indd 4
2014/5/23 15:35:04