Инструкция по эксплуатации Samsung ME711KR
Страница 48
6
O'ZBEKCHA
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt bo'lgan
taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt
bug'lari pechning isitilgan qismlariga tegib ketishi mumkin.
Mikroto’lqinli pech faqat avtonom o’rnatish uchun mo’ljallangan va uni
shkafga joylashtirish mumkin emas. (Faqat avtonom modellar uchun)
OGOHLANTIRISH. Foydalanishda qurilma va uning qismlari kuchli qizib
ketishi mumkin. Ehtiyot bo’ling, isituvchi elementlarga tegib ketmang.
8 yoshdan kichik bolalar qurilmadan faqat kattalarning doimiy nazorati
ostida foydalanishlari kerak.
OGOHLANTIRISH. Bolalar faqat tegishli ko'rsatmalar olgan hollardagina
pechdan kattalarning nazoratisiz foydalanishlari mumkin, chunki bola
pechdan xavfsiz tarzda foydalanishni biladi va u bilan noto’g’ri muomala
qilishning xavfli ekanligini anglab yetadi.
Agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar
shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar
berilsa, bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar
ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu qurilmani o'ynamasliklari
kerak. Bolalar tomonidan qurilmani tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
faqat nazorat ostida amalga oshirilishi mumkin.
OGOHLANTIRISH. Agar eshikcha yoki eshikcha zichlovchilari
shikastlangan bo’lsa, u malakali mutaxassis tomonidan
ta’mirlanmagunicha undan foydalanib bo’lmaydi.
OGOHLANTIRISH. Elektromagnit mikroto’lqinlar quvvatlarining ta’siridan
himoyalovchi pech korpusini olish juda xavfli. Korpusni olish bilan bog’liq
bo’lgan pechga texnik xizmat ko’rsatish yoki uni ta’mirlash bo’yicha har
qanday ishlarni faqat malakali mutaxassislar bajarishi mumkin.
OGOHLANTIRISH. Lampani almashtirishdan avval elektr toki urishini
oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo’ying.
OGOHLANTIRISH. Syuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini
germetik yopilgan konteynerlarda isitish mumkin emas, chunki ular
portlab ketishi mumkin.
OGOHLANTIRISH. Undan foydalanishda qurilmaning tashqi qismlari
kuchli qizib ketishi mumkin. Kuyishni oldini olish uchun bolalarni qurilma
oldida qarovsiz qoldirmang.
OGOHLANTIRISH. Ichimlik solingan sig’imlarni pechda isitish
sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun
bunday holatning oldini olish uchun bunday sig’imlar bilan muomala
qilishda ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday holatni oldini olish uchun
haroratning tenglashishiga imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin
DOIMO 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring
va isitilgandan keyin uni ALBATTA aralashtiring.
Kuyish sodir bo’lganda, BIRINCHI YORDAM ko’rsatish bo’yicha quyidagi
harakatlarni bajaring.
• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
• Unga toza quruq lattani bog’lang.
• Hech qanday kremlar, moylar yoki los’onlar surtmang.
Foydalanilganda qurilma qiziydi. Ehtiyot bo’ling, mikroto’lqinli pech
ichidagi qizdiruvchi elementlarga tegib ketmang.
OGOHLANTIRISH. Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari
uchun bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda
kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib
ko'rish kerak.
Agar ular nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar
shaxs tomonidan ushbu mashinadan foydalanish to'g'risida avvaldan
ko'rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar
(jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Ichki bo’shlig’i va boshqaruv sohasidan foydalanishning qulay bo’lishini
ta’minlash uchun ushbu pechni to’g’ri holatda va tegishli balandlikda
o’rnatish kerak.
Pechdan ilk marta foydalanishdan avval uning ichiga suv qo’ying va uni
10 daqiqa davomida isiting.
Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin
bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak. Agar ishlaganda ushbu pech g'alati
shovqinli tovushlar, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga
ulash vilkasini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
O’z-o’zini tozalash vaqtida pech yuzasi odatdagiga qaraganda kuchliroq
qiziydi. Bunday holatlarda bolalarning pechga tegishiga yo’l qo’ymang
(faqat o’z-o’zini tozalash funksiyasiga ega bo’lgan modellar uchun).
Pechda o’z-o’zini tozalashni o’tkazishdan avval uning ichidan begona
buyumlarni olib qo’yish kerak. O’z-o’zini tozalash jarayonida pech ichida
tozalash bo’yicha yo’riqnomada ko’rsatilgan oshxona asbob-anjomlari
bo’lishi mumkin (faqat o’z-o’zini tozalash funksiyasiga ega bo’lgan
modellar uchun).
ME711KR_ME712KR_ME713KR-BWT_DE68-03897E-02_UZ.indd 6
2013-11-28 �� 10:28:27