Xavfsizlik texnikasi bo’yicha muhim ko'rsatmalar, Ogohlantirish – Инструкция по эксплуатации Samsung ME711KR

Страница 47

Advertising
background image

5

O'ZBEKCHA

(1) Eshikcha (qiyshaymagan bo’lishi kerak)

(2) Eshikcha halqalari (singan yoki bo’shashgan bo’lmasligi kerak)

(3) Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar.

(d) Pechni sozlash yoki ta’mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma

tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli pechlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha

malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.

Ushbu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihoz hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta ishlash

uchun elektromagnit nurlanish ko’rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi va shunday

quvvatlardan foydalanuvchi ISM qurilmalar (sanoat, ilm-fan, tibbiyot), EDM va yoyli payvandlash uchun

jihozlarni o’z ichiga oladi.

B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida foydalanishga mo’ljallangan va turar-joy binolarida past

kuchlanishlardagi elektr tarmoqlaridan foydalanuvchi qurilmalarni o'z ichiga oladi.

Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz tomonidan qilingan

bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini

undirishi mumkin. Ushbu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:

(a) Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.

(b) Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo’naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM

KO'RSATMALAR

Doimo quyida keltirilgan xavfsizlik bo’yicha ko’rsatmalarga amal qiling.

OGOHLANTIRISH

Mikroto’lqinli pechni har qanday o’zgartirish va ta’mirlash ishlari faqat

malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini germetik yopilgan

konteynerlarda СВЧ rejimida isitmang.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi yoki

yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin joylar,

namlik yoki changlanganlik darajasi yuqori bo’lgan xonalar, to’g’ridan-

to’g’ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta’siri ostidagi joylar hamda

maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan hududlar va notekis sirtlarga

o’rnatmang.
Qurilmani mahalliy yoki davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri ulash

kerak.
Chang va namni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi

va aloqa joyini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning ustiga og’ir

buyumlarni qo’ymang.

Gaz (propan, siqilgan gaz) chiqish holatlari yuz berganda darhol xonani

shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho’l qo’llaringiz bilan tegmang.

Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan

uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begona buyumlarni qo’ymang. Agar qurilma

ichiga suv yoki boshqa begona buyumlar kirib qolgan bo’lsa, elektr

manbaiga ulash kabelini uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat

ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy ta’sir ko’rsatmang yoki urmang.

Pechni mo’rt buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha

buyumlar ustiga qo'ymang. (Faqat avtonom modellar uchun)
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug’tozalagich yoki

yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog’idagi kuchlanish, chastota va tok kuchi qurilmaning texnik

xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasining rozetkaga tiqilganligiga ishonch

hosil qiling. Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik, uzaytirgich yoki

transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni buyumlar

orasiga qo’ymang va pechning orqasi orqali o’tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga

ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr manbaiga ulash kabeli

shikastlangan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish

markaziga murojaat qiling.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pultiga ega

emas.
Bevosita pechga suv sepmang.

Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo’ymang.

Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni sepmang.

Bolalarning qurilma bilan o'ynashlariga yo'l qo'ymang.

Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga o’xshash transport vositalariga

o’rnatish uchun mo’ljallanmagan.

ME711KR_ME712KR_ME713KR-BWT_DE68-03897E-02_UZ.indd 5

2013-11-28 �� 10:28:23

Advertising