Kir yuvish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF906P4SAGD

Страница 156

Advertising
background image

24_ kir yuvish

kir yuvish

ECO bUbbLE TANLASH

TUGmASI

Dastlabki holatda Eco Bubble dasturi yoqilgan bo’ladi. Uni bekor qilish uchun Eco

Bubble dasturi tugmasini bir marta bosing, Bubble Generator indikatori o’chadi.

(boshqaruv panelida ko’rsatilgan), ushbu funksiyani yoqish uchun yana shu

tugmani bosing.

Ayrim kir yuvish sikllari Eco Bubble yoqilgan holda bajarilishi kerak (indikator

panelda aks ettiriladi, generator esa avtomatik ravishda yoqiladi).

Ayrim kir yuvish sikllari uchun bu dastur kerak emas va generator esa

avtomatik ravishda o’chiriladi.

Ko’pgina sikllar uchun siz ushbu dasturni qo’lda sozlashingiz mumkin, bu

esa boshqaruv panelida aks ettiriladigan kir yuvish davomiyligiga jiddiy ta’sir

ko’rsatadi (qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 27-betga qarang).

yENGIL dazmollash

REjImINI TANLASH

TUGmASI

Bu tugmani bosing va chayish sikli paytida kiyimlarda g'ijimlar kamayishi evaziga

kiyimlaringizni dazmollash oson bo'ladi.

Легкое глаженье (Yengil dazmollash) rejimi faqat quyidagi dasturlarni

ishlatilganda mavjud: Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins),
Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi
buyumlar), Ежедневная (Kundalik yuvish), Интенсивная стирка Eco (Intensiv
Eco yuvish), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish).

Легкое глаженье (Yengil dazmollash) rejimi tanlanganda, siqish tezligini

800 ay/daq gacha o'rnatishinigiz mumkin (agar siz Легкое глаженье (Yengil
dazmollash) siqish rejimini 800 ay/daq dan oshiqqa moslasangiz, siqish tezligi
avtomatik tarzda 800 ay/daq ga o'zgaradi).

TEzKOR yUvISH

TUGmASI

Ushbu dastur Yengil kirlangan kiyimlar va tez yuvish talab qilinadigan 2 kg
dan kam bo’lgan buyumlar uchun mo’ljallangan. U kamida 15 daqiqa davom
etadi, biroq suv bosimi, subning qattiqligi, suv quyish harorati, xona harorati,
yuviladigan kirlarning turi/miqdori, kirlanish darajasi, foydalaniladigan kir yuvish
vositasi, muvozanatlashmagan yuklanish, elektr ta’minotidagi sakrashlar va
tanlangan qo’shimcha optsiyalarga bog’liq holda ko’rsatilgan qiymatlardan farq
qilishi mumkin.

Sikl vaqtini tanlash uchun ushbu tugmani qayta-qayta bosing: 15 daq  20

daq  30 daq  40 daq  50 daq  1 soat  O’chirish.

Kukunli/suyuq kir yuvish vositasining miqdori 20 g (2 kg bo’lgan kirlar
uchun) dan oshmasligi kerak, aks holda kir yuvish vositasi qoldiqlari
kiyimlarda qolishi mumkin.

KIR yUvISHNI

KECHIKTIRISH TUGmASI

Qoldirilgan kir yuvishni yakunlash uchun mavjud variantlarni ulab yoqish uchun

ushbu tugmaga bir necha marta bosing (bir soat qadam bilan 3 soatdan 19

soatgacha).

Aks ettirilgan vaqt kir yuvish sikli tugash vaqtini belgilaydi.

START/PAUzA TUGmASI

Kir yuvish siklni to’xtatish yoki qayta yuklash uchun bosing.

mENING DASTURIm

SIKLINI TANLASH

TUGmASI

Harorat, baraban aylanish tezligi, buyumlarning kirlanganlik darajasi, dastur kabilarni

tanlagan holda o’zingizning sevimli dasturingizni tanlang.

yOQISH/O'CHIRISH

TUGmASI

Kir yuvish mashinasini yoqish uchun ushbu tugmani bir marta bosing, va o’chirish

uchun qayta bosing.

Agar kir yuvish mashinasi 10 min ko’proq vaqtga yoqilgan holatda qolsa va hech

qanday operatsiyalar bajarilmasa ta’minot avtomatik ravishda o’chiriladi.

9

10

11

12

13

OGOHLANTIRISH!

8

7

WF906P4SA-03205E-04_UZ.indd 24

2013-12-17 11:28:38

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: