Nosozliklarni bartaraf qilish, Muammo yechim – Инструкция по эксплуатации Samsung RSH5SLBG

Страница 87

Advertising
background image

nosozliklarni bartaraf qilish _27

0

3

NOSOZLIKLARNI BAR

T

ARAF QILISH

nosozliklarni bartaraf qilish

MUAMMO

YECHIM

Sovutgich umuman
ishlamayapti yoki yetarli
darajada sovutmayapti.

Elektr quvvati vilkasi to'g'ri ulanganiga ishonch hosil qiling.

Ekran panelidagi harorat nazorati to'g'ri haroratga sozlanganmi? Uni pastroq
haroratga sozlashga harakat qiling.

Sovutgichga quyosh nurlari to'g'ridan-to'g'ri tushadimi yoki u issiqlik manbasiga
yaqin joylashganmi?

Sovutgichning orqa tarafi devorga juda yaqinmi va shuning uchun havo aylanishi
yaxshi emasmi?

Sovutgichdagi oziq-
ovqat muzlab ketdi.

Ekran panelidagi harorat nazorati to'g'ri haroratga sozlanganmi? Uni issiqroq
haroratga sozlashga harakat qiling.

Xona harorati juda pastmi?

Ovqatni sovutgichning eng sovuq joyiga ko'p suyuqligi bilan saqlab
qo'yganmidingiz? Narsalarni CoolSelect Zone™ tortmasida saqlagandan ko'ra,
sovutgichning ichiga ko'chirishga harakat qiling.

Qulog'ingizga g'alati
shovqin va tovushlar
eshitilyapti.

Sovutgich tekis va barqaror turganini tekshirib ko'ring.

Sovutgichning orqa tarafi devorga juda yaqinmi va shuning uchun havo aylanishi
yaxshi emasmi?

Sovutgich orqasi yoki ostiga biror narsa tushirib yuborildimi?

Sovutgichning ichidan "chiqillagan" tovush eshitilmoqda. Bu - normal holat,
chunki Sovutgich ichidagi haroratdan kelib chiqib, turli aksessuarlar bir-biriga
tegishi yoki kengayishi mumkin.

Jihozning old burchaklari
va tomonlari juda ham
issiq va suv tomchilari
paydo bo'lmoqda.

Ozroq isisa, zarari yo'q, sovutgichning old burchaklariga tomchilar paydo bo'lishi
oldini olich uchun tomchi hosil qilmaydigan moslama o'rnatilgan.

Sovutgich eshigi qiya ochiqmi? Suv tomchilari Sovutgich eshigi uzoq vaqt ochiq
qoldirilganda paydo bo'lishi mumkin.

Muz uzatilmayapti.

Muz hosil qilishdan oldin suv tarmog'i shlangi o'rnatilgandan so'ng 12 soat kutib
turdingizmi?

Suv shlangi ulanganmi va yopish klapani ochilganmi?

Muz hosil qilish funksiyasini qo'l bilan to'xtatganmisiz? Muz turi Kubsimon yoki
Bo'laklangan opsiyasiga sozlanganiga ishonch hosil qiling.

Muzni saqlash idishida yo'li to'silib qolgan muz bormi?

Muzxona harorati juda issiqmi? Muzxona haroratini pastroq qilib o'rnatishga
harakat qiling.

Sovutgichdan suvning
qultillagani eshitilmoqda.

Bu – normal holat. Qultillashni sovutgichda aylanayotgan suyuq sovutish moddasi
hosil qiladi.

Sovutgichda yomon hid
bor.

Oziq-ovqat mahsuloti aynib qoldimikan?

Kuchli hidi bor oziq-ovqat mahsuloti (masalan, baliq) havo o'tmaydigan qilib
o'ralganiga ishonch hosil qiling.

Vaqti-vaqti bilan sovutgichni tozalab turing va har qanday buzilgan va shubhali
oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuboring.

Muzxona devorida muz
hosil bo'ladi.

Havo teshiklari yopilib qolganmi? Havo erkin aylanishi uchun barcha uning yo'lini
to'suvchi narsalarni olib tashlang.

Havo bemalol aylanishi uchun saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida
yetarli ochiq joy qoldiring.

Muzxona eshigi yaxshi yopilganmi?

Suv uzatgich
ishlamayapti.

Suv shlangi ulanganmi va yopish klapani ochilganmi?

Suv liniyasi trubkasi pachoqlangan yoki bukilganmidi?
Trubka soz va har qanday to'siqdan xoli ekaniga ishonch hosil qiling.

Sovutgichdagi harorat o'ta past bo'lgani uchun suv idishi muzlab qoldimi?
Asosiy ekran panelida issiqroq haroratni tanlashga urinib ko'ring.

DA99-02318Q-13.indb 27

DA99-02318Q-13.indb 27

14. 7. 17.

11:17

14. 7. 17.

11:17

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: