Muz va sovuq suv uzatgichidan foydalanish, Haroratni nazorat qilish – Инструкция по эксплуатации Samsung RSH5SLBG

Страница 82

Advertising
background image

22_

ishlatish

MUZ VA SOVUQ SUV
UZATGICHIDAN FOYDALANISH

O'zingiz istagan muz turini tanlash uchun Ice Type
(Muz turi) tugmasini bosing

Muz yo'q

Muz hosil qiluvchi qurilmani
o'chirmoqchi bo'lsangiz,
mana buni tanlang

muz kub shaklida tayyorlanadi. Bo'laklangan
funksiyasini tanlaganingizda muz hosil qiluvchi
qurilma muz kublarini bo'laklaydi.

Muzni uzatish

Stakanni muz chiqish joyi tagiga qo'ying va stakan
bilan avaylab muz uzatgich pishangini itaring. Muz
sochilib ketishi oldini olish uchun stakan uzatgichga
to'g'rilanganiga ishonch hosil qiling.

Suv uzatgichdan foydalanish

Stakaningizni suv chiqish joyi tagiga qo'ying va
stakan bilan avaylab suv uzatgich pishangini
itaring. Suv to'kilib ketishi oldini olish uchun stakan
uzatgichga to'g'rilanganiga ishonch hosil qiling.

HARORATNI NAZORAT QILISH

MUZXONA HARORATINI
BOSHQARISH

Shaxsiy ehtiyojlaringizga moslash maqsadida
muzxona haroratini -14°C (8°F) dan -25ºC (-14°F)
darajagacha o'rnatishingiz mumkin. Harorat
ekranida istalgan harorat ko'rsatkichi paydo
bo'lmaguncha Freezer (Muzlatkich) tugmasini qayta-
qayta bosavering. Muzqaymoq singari oziq-ofqat
mahsulotlari -16ºC (4°F) darajada erishini yodda
tuting.

Harorat ekranidagi raqamlar asta-sekin -14°C (8°F)
dan -25ºC (-14°F) daraja tomon harakatlanib boradi.
Ekrandagi raqam -14ºC (8°F) darajaga yetgach, yana
-25ºC (-14°F) darajadan boshlanadi.

Yangi harorat o'rnatilgandan so'ng oradan besh
soniya o'tib, ekranda yana muzlatkichning haqiqiy
harorati ko'rsatkichi paydo bo'ladi Lekin ushbu
raqam muzxona yangi haroratga moslashishi bilan
o'zgara boshlaydi.

MUZLATISH KAMERASI HARORATINI
BOSHQARISH

Shaxsiy ehtiyojlaringizga moslash maqsadida
Sovutgich haroratini 7ºC (46°F) dan 1ºC (34°F)
darajagacha o'rnatishingiz

mumkin. Harorat ekranida istalgan harorat
ko'rsatkichi paydo bo'lmaguncha Fridge (Muzlatish
kamerasi) tugmasini qayta-qayta bosavering.
Sovutgichdagi haroratni nazorat qilish jarayoni
muzlatkichdagi jarayonga o'xshab ishlaydi. Istalgan
haroratni o'rnatish uchun Fridge (Muzlatich kamerasi)
tugmasini bosing. Bir necha soniyadan so'ng
muzlatish kamerasi yangi o'rnatilgan harorat sari
harakatlana boshlaydi. Bu raqamli ekranda ko'rinib
turadi.

Muzxona yoki sovutgichdagi harorat
eshiklari tez-tez ochilganda yoki ularga
ko'p miqdordagi issiq yoki qaynoq ovqatlar
qo'yilganda ko'tarilib ketishi mumkin. Bu
raqamli ekran yonib-o'chishiga sabab bo'lishi
mumkin. Muzxona va Sovutgich o'rnatilgan
normal haroratga qaytgach, yonib-o'chish
to'xtaydi. Agar yonib-o'chish davom etaversa,
sovutgichni "asl holatiga qaytarishingiz" kerak
bo'lishi mumkin. Jihozni elektr quvvatidan
uzing, 10 daqiqa kutib turing, so'ngra qaytib
ulang.

DA99-02318Q-13.indb 22

DA99-02318Q-13.indb 22

14. 7. 17.

11:17

14. 7. 17.

11:17

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: