Qadam - yuklanish sig’imini aniqlash – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90H7410EW

Страница 152

Advertising
background image

O'zbekcha - 20

5-QADAM - Yuklanish sig’imini aniqlash

Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining to’g’ri

yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi uchun yuklanish sig’imini bilish uchun 25-sahifaga qarang.

Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi

mumkin. Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va

yuklanish sig'imi 2 kg yoki undan kam.
DIQQAT: Kirlar bir tekis taqsimlanmagan hollarda «UE» xatolik kodi namoyish qilinadi, kirlarni qayta

taqsimlang. Bir tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini kamaytiradi.

6-QADAM - To’g’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish

Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish

darajasiga bog’liq bo’ladi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo’ljallangan “kam ko’piklovchi” kir

yuvish vositasidan foydalaning.

Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik

darajasiga asoslangan holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv
qattiqligi darajasini aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti organiga murojaat qiling.

Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari

barabanning suv chiqarish tirqishlarini berkitgan holda chayish siklidan keyin qolishi mumkin.

DIQQAT: Junli matolar dasturidan foydalanib, junli matolarni yuvish vaqtida mo'tadil suyuq kir yuvish

vositasidan foydalaning. Junli matolar dasturida foydalanilganda kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi

va kirning rangini o'chirishi mumkin.

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 20

2014/3/22 20:12:31

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: