Инструкция по эксплуатации Samsung WW90H7410EW

Страница 137

Advertising
background image

O'zbekcha - 5

01

X

AVFSIZLIK

BO
’Y

ICHA

M

A’L

UMO

TL

AR

DIQQAT: Issiqlik o’chirgichining tasodifiy qayta o’rnatilishi tufayli
yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari
tashqi o’chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki bilan ta’minlanmasligi
yoki xizmat ko’rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o’chirib-
yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

OGOHLANTIRISH: O’rnatishga oid muhim

OGOHLANTIRISHLAR

Ushbu mashinani o’rnatish malakali texnik yoki sizmat ko’rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi
kerak.

• 

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq
muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og’ir, shuning uchun uni ko’targanda ehtiyot bo’ling.

Elektr tarmog’iga ulash shnurini 220 - 240 V / 50 Gzli devor rozetkasiga ulang va bu rozetkadan faqat ushbu
mashinani ulash uchun foydalaning. Uzatma simidan foydalanmang.
•  Uchtalik yoki uzaytma simdan foydalangan holda rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi yoki 

yong’inga olib kelishi mumkin.

•  Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko’rsatilganlari bilan bir xil 

ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi
mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam tiqilgan bo’lishi kerak.

Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq latta bilan muntazam
ravishda tozalab turing.
•  Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.
•  Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga elektr manbaiga ulash shnuri qarama-qarshi yo’nalishda 

ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong’inga
olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki qadoqlash
materiallari ular uchun xavfli bo’lishlari mumkin.
•  Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo’g’ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlangan hollarda o’zingizga eng yaqin
joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina ishonchli tarzda yerga ulangan bo’lishi kerak.

Ushbu mashinani gaz ta’minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.
•  Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolarga olib 

kelishi mumkin.

•  Hech qachon elektr manbaiga ulash vilkasini tegishli ravishda yerga ulanmagan rozetkaga ulamang va yerga 

ulashning mahalliy va milliy tartiblariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar yoki har qanday yonuvchan materiallar yaqiniga o’rnatmang.

Ushbu mashinani nam, yog’li yoki chang bosgan joylar yoki to’g’ridan-to’g’ri quyosh yoki suv (masalan, yomg’ir
tomchilari ostiga) ta’siri ostidagi joylarga o’rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o’rnatmang.

•  Muzlash trubalarning yorilishiga olib kelishi mumkin.

WW90H7410EW-03403F_UZ.indd 5

2014/3/22 20:12:28

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: