Bolalardan qulflash, Tovush signalini o’chirish, Отсрочка (kir yuvish kechiktirish) – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802XFW

Страница 157

Advertising
background image

kir yuvish _25

02 kir yuvish

Bolalardan qulflash

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalar kir yuvishning tanlangan siklini almashtirib qo’ymasliklari
uchun tugmalarni bloklab qo’yish imkoniyatini beradi.

Yoqish/o’chirish

“Bolalardan qulflash” funksiyasini yoqish yoki o’chirish kerak bo’lsa, bir vaqtning o’zida Темп.
(Harorat)
va Полоскание (Chayish) tugmalarini 3 soniyaga bosib turing. Ushbu funksiya
yoqilganidan so’ng “Bolalardan qulflash ” indikatori yonadi.

“Bolalardan qulflash” funksiyasi yoqilganda faqat Вкл./
Выкл. (Yoqish/O'chirish) tugmasi ishlaydi. “Bolalardan
qulflash” funksiyasi ta’minot yoqilgandan va o’chirilgandan
keyin yoki ta’minot kabeli o’chirilganidan yoki qayta
o’qilganidan keyin ham yoqilgan bo’ladi.

Tovush signalini o’chirish

“Tovush signalini o’chirish” funksiyasini barcha sikllarda tanlash mumkin. Ushbu funksiya
tanlanganda barcha sikllar uchun tovush o’chiriladi. Kir yuvish mashinasi bir necha marta o’chirib
yoqilganda ham ushbu parametr saqlanib qoladi.

Yoqish/o’chirish

“Tovush signalini o’chirish” funksiyasini yoqish yoki o’chirish
kerak bo’lsa, bir vaqtning o’zida Отжим (Siqish) va Опция
(Opsiya)
tugmalarini 3 soniyaga bosib turing. Ushbu funksiya
yoqilganidan so’ng “Tovush signalini o’chirish ” indikatori
yonadi.

Отсрочка (Kir yuvish kechiktirish)

3 - 19 soatga kechiktirish vaqtini tanlab (1 soat qadami bilan), kir yuvish mashinasi avtomatik
ravishda kir yuvishni keyinroq tugatishi uchun uni dasturlash mumkin. Displeyda aks ettirilayotgan
vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.

1. Kir yuvish mashinasining dasturini kir yuvish uchun mo’ljallangan kir matosining turiga muvofiq

qo’lda yoki avtomatik ravishda o’rnating.

2. Kechiktirish vaqti o’rnatilgunga qadar “Отсрочка (kir yuvish kechiktirish)” tugmasini bir

necha marta bosing.

3. Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing “Отсрочка (kir yuvish kechiktirish)

indikatori yonadi va soat ko’rsatilgan vaqtgacha teskari sanashni boshlaydi.

4. “Отсрочка (Kir yuvish kechiktirish)” funksiyasini bekor qilish uchun Вкл./Выкл. (Yoqish)

tugmasini bosing, so’ng kir yuvish mashinasini qaytadan yoqing.

3 soniya.

3 soniya.

WF1802XF_DC68-03061F-07_UZ.indd 25

2014/5/23 11:04:11

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: