Инструкция по эксплуатации Samsung GE73AR
Страница 121
O'ZBEKCHA
25
Guruch va makaron mahsulotlarini tayyorlash bo’yicha qo’llanma
Guruch:
Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan
qilingan katta kosadan foydalaning –
tayyorlash jarayonida guruchning hajmi ikki
marta ortadi. Yopiq qopqoq bilan isiting.
Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan kutishdan
avval guruchni aralashtiring va tuz yoki o’tlar
va yog’ qo’shing.
Izoh: Tayyorlash nihoyasiga yetganda
guruch hamma suvni shimmagan bo'lishi
mumkin.
Makaron mahsulotlari: Issiqlikka chidamli shishadan qilingan
katta kosadan foydalaning. Qaynoq suv,
bir chimdim tuz qo’shing va yaxshilab
aralashtiring. Qopqoqni yopmagan holda
tayyorlang. Tayyorlash vaqtida va u
nihoyasiga yetishi bilan taomni aralashtirib
turing. Kutib turish vaqtida qopqoq bilan
yoping va dasturxonga tortishdan avval
suvini qoldirmasdan to’kib tashlang.
Taom
Porsiya Quvvat Vaqt
(daq.)
Ushlab turish
vaqti (daq.)
Ko’rsatmalar
Oq guruch
(bug'langan)
250 g
750 Vt
17-18
5
500 ml sovuq suv
qo’shing.
Jigarrang guruch
(bug'langan)
250 g
750 Vt
22-23
5
500 ml sovuq suv
qo’shing.
Jigarrang guruch
250 g
750 Vt
22-23
10
600 ml sovuq suv
qo’shing.
Guruch aralashmasi
(guruch + yovvoyi
guruch)
250 g
750 Vt
18-19
5
500 ml sovuq suv
qo’shing.
Aralash bo’tqa
(guruch + boshoqli o’tlar)
250 g
750 Vt
19-20
5
400 ml sovuq suv
qo’shing.
Makaron mahsulotlari
250 g
750 Vt
11-12
5
1000 ml issiq suv
qo’shing.
TAOMNI ISITISH
Mikroto’lqinli pechingizda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga
qaraganda anchagina tezroq isitish mumkin.
Keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga
amal qiling. Vaqt oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo’lgan xona
haroratiga ega bo’lgan suyuqliklar va harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha
bo’lgan sovutilgan mahsulotlar uchun ko’rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Yirik ovqatlarni, masalan, go’sht bo’laklarini isitmaslikka harakat qiling, chunki ular
ko’pincha bir tekis isimaydi: uzoq vaqt isitishga to’g’ri keladi va chetlari haddan
tashqari quruqlashadi. Kichkina bo'laklarni isitish tavsiya qilinadi.
Quvvat darajalari va aralashtirish
Ayrim mahsulotlarni 750 Vt quvvatda isitish mumkin bo’lsa, boshqalarini 600 Vt,
450 Vt va hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi.
Qo’shimcha ko’rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda,
kamroq quvvatda juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdordagi taomlar va
ovqatlarni isitish qulay (masalan, shirin piroglar).
Eng yaxshi natijalarga ega bo’lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish
vaqtida ag'daring. Iloji bo’lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling.
Suyuqlikning qaynab ketishi va kuyib qolishini oldini olish uchun isitish vaqtida
va isitgandan keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto’lqinli pechda
qoldiring. Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya
qilinadi. Ortiqcha qizib ketishiga yo’l qo’ymang (bunda taom buzilishi mumkin).
Kamroq isitish vaqtini o’rnatish, keyin esa zarur bo’lgan hollarda vaqt qo’shish
ma’qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti
Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib
qo’ying va ushbu qiymatdan keyinchalik foydalaning.
Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.
Isitgandan keyin ma'lum vaqt kuting. Shu vaqt davomida taomning barcha
qismlaridagi harorat tenglashadi.
Agar ro’yxatda boshqa qiymat ko’rsatilmagan bo’lsa, kutish vaqti 2-4 daqiqani
tashkil qiladi.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana
"Ehtiyot choralari" bo’limiga qarang.
GE73AR_BWT_DE68-04050A-04_UZ.indd 25
2013-11-28 �� 8:32:14