Инструкция по эксплуатации Samsung GE73AR

Страница 114

Advertising
background image

O'ZBEKCHA

18

Kod

Taom

Porsiya

miqdori

Masalliqlar

2

Baliqli

rasstegay

1 dona

(75 g)

(1) Muzlatilgan qatlamlangan xamir (2 ta kvadrat) – 1/4 kvadrat

(2) Masalliq: Mayda kubikchalarga to’rg’algan sudak biqin go’shti

– 25 g, kubikchalarga to’rg’algan shampinonlar – 6 g, oddiy

qaynatilgan guruch – 4 g, yog’lash uchun tuxum sarig’i – 1/4 dona

< Tavsiyalar >

Xamirni muzdan tushiring. Xamirning bir qismini kerakli o’lchamlarda kesing (1). Masalliq uchun

barcha ingredientlarni aralashtiring (2). Masalliqni pech markaziga joylashtiring. Mahsulotga qayiq

shaklini bering. Tuxum sarig’i bilan yog’lang. Tarelkaga joylashtiring. Tarelkani gril uchun taglikka

qo’ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida mahsulotni tarelkadan oling

va pergament qog’ozga qo’ying. Pergament qog’oz bilan birga mahsulotni gril uchun taglikka

joylashtiring. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3

Pishloqli

suxarilar

5 dona

(125 g)

Pishloq – 125 g (4-5 dona, 25 g/dona), tuxum – 0,5 dona, bulash

uchun suxari uni – 3-5 g

< Tavsiyalar >

Pishloqni 5sm x 5sm o’lchamlardagi kvadrat shaklidagi bo’laklarga kesing. Ularni tuxum sarig’iga

botirib oling va ustidan maydalangan suxari seping. Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib oling.

Pishloqni pergament qog’ozga joylashtiring. Keyin uni gril uchun taglikka joylashtiring. Tayyorlashni

boshlang.

4

Tovuqdan

tayyorlangan

kabob

280 g

Tovuq okorochkalari go’shti – 380 g, tomat pastasi – 20 g, tuz - 5 g,

mayda to’rg’algan sarimsoqpiyoz – 3 g, o’simlik yog’i – 7 g, oddiy

yogurt – 70 g, sixlar

< Tavsiyalar >

Go’shtni 3 sm x 3 sm o’lchamlardagi kubiklar shaklida to’rg’ang. Marinad uchun barcha

masalliqlarni aralashtiring. Marinadni tovuq go’shti bilan aralashtiring. Keyin go’shtlarni sixlarga

joylashtiring. Ularni tarelkaga soling va keyin gril uchun taglikka joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

5

Boyarcha

go’sht

260 g

Cho’chqa bo’yni – 280 g (4 ta bo’lak), tuz – 2 g, yanchilgan qora

murch – 0,5 g, kesilgan shampinonlar - 45 g, mayonez – 55 g

< Tavsiyalar >

Go’shtga ziravorlarni qo’shing. Go'shtni tarelkaga qo’ying. Tarelkani gril uchun taglikka qo’ying.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida go’shtni shampinonlarga joylashtiring va

tepasidan mayonez qo’ying. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

Kod

Taom

Porsiya

miqdori

Masalliqlar

6

Lososli

kulebyaka

180 g

Muzlatilgan qatlamlangan xamir – 130 g

Masalliq: Mayda kubikchalarga to’rg’algan losos biqin go’shti – 100

g, tuz – 1 g, qovurilgan piyoz kubikchalari – 20 g, qotirib qaynatilgan

mayda qilib kesilgan tuxum – 30 g, tuxum sarig’i – 1 dona yog’lash

uchun

< Tavsiyalar >

Xamirni muzdan tushiring. Uni 2 mm qalinlikkacha yoying. Masalliq uchun barcha mahsulotlarni

aralashtiring. Masalliqni pech markaziga joylashtiring. Xamir qirralarini yopishtiring. Unga shakl

bering. Bir necha kesmalar qiling. Tuxum sarig’i bilan yog’lang. Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib

oling. Shakl berilgan xamirni pergament qog’ozga joylashtiring. Keyin uni gril uchun taglikka

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida pergament qog’ozni olib

tashlang. Pishiriqni ag’daring. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

7

Losos

kabobi

280 g

Yirik bo’laklangan losos – 350-370 g, limon – 25 g (sharbat), tuz – 5

g, o’simlik yog’i – 10 g, mayda to’rg’algan petrushka – 10 g, sixlar

< Tavsiyalar >

Barcha masalliqlarni aralashtiring va baliqqa qo’shing. 15-20 daqiqa marinadlang. Keyin sixlarga

o’tkazing. Ularni tarelkaga soling va keyin gril uchun taglikka joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

8

Sabzavotlar

bilan

pishirilgan

forel

210–240 g Yog’ – 5 g, to’rg’algan sabzi – 35 g, to’rg’algan piyoz – 25 g, mayda

kesilgan sarimsoqpiyoz – 3 g, maydalangan selderey barglari – 5 g,

forel – 1 dona (220-250 g), tuz – 1 g, yanchilgan oq qalampir – 0,5

g, yog' - 5 g

< Tavsiyalar >

Pergament qog’oz o’rtasini sariyog’ bilan yog’lang. Qog’ozga sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz va

seldereyni qo’ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo’shilgan forelni qo’ying. Baliqning tepa qismini

sariyog’ bilan yog’lang. Qog’oz bilan yoping. Jomni mikroto’lqinli pechga joylashtiring va

tayyorlashni boshlang.

9

Pechenye

160 g

(2 х 80 g)

Un – 85 g, shakar kukuni – 25 g, yog’ – 50 g, tuxum – 0,5 dona,

tuz – 1 g

< Tavsiyalar >

Un, shakar kukuni va sariyog’ni yaxshilab aralashtiring. Tuz va tuxum qo’shing. Yaxshilab

aralashtiring. Xamirni ikkita tekis doira shaklidagi pechenyelarga bo’ling. Ularni pergament qog’oz

bilan qoplangan gril uchun taglikka qo’ying. Tayyorlashni boshlang.

10 Klyukvali

mors

200 ml

Muzlatilgan klyukva – 50 g, shakar – 35 g, suv – 200 ml

< Tavsiyalar >

Muzlatilgan klyukvani mikser yordamida maydalang. Barcha masalliqlarni katta jomga soling.

Tayyorlashni boshlang. Sovuting va suzgichdan o’tkazing.

GE73AR_BWT_DE68-04050A-04_UZ.indd 18

2013-11-28 �� 8:32:12

Advertising