Nosozliklarni bartaraf qilish – Инструкция по эксплуатации Samsung RZ28H61607F

Страница 70

Advertising
background image

O'zbekcha - 22

Nosozliklarni bartaraf qilish

MUAMMO

YECHIM

Muzlatish kamerasi
umuman ishlamayapti yoki
harorat juda baland.

• Elektr tok vilkasi to'g'ri ulanganini tekshiring.
• Old panelda haroratni boshqarish funksiyasi to'g'ri sozlanganmi?
• Muzlatish kamerasiga quyosh nuri tushib turibdimi yoki yaqin atrofda

biron bir isitish manbasi mavjudmi?

• Muzlatish kameraning orqa tarafi devorga juda yaqin

joylashtirilmaganmi?

G'alati tovushlar
eshitilmoqda.

• Muzlatish kamerasi qattiq va tekis pol yuzasiga o'rnatilganini tekshiring.
• Muzlatish kameraning orqa tarafi devorga juda yaqin

joylashtirilmaganmi?

• Muzlatish kameraning orqasiga yoki tagiga biron-bir predmetlar tushib

qolmaganmi?

• Shovqin muzlatish kamerasining kompressoridan kelyaptimi?
• Muzlatish kameraning ichidan chiqillagan tovush eshitilishi mumkin; bu

– normal holat.
Turli aksessuarlar bir-biriga tegishi yoki kengayishi natijasida bu kabi
tovush eshitilishi mumkin.

Muzlatish kamerasining
old burchaklari va yon
tomonlarining harorati
issiqroq, hamda ularda suv
tomchilari hosil bo'lmoqda.

• Suv tomchilari hosil bo'lishining oldini olish uchun jihozning old

burchaklariga issiqqa chidamli naychalar o'rnatilgan.
Tashqari muhitning harorat oshsa, bu har doim ham samara bermasligi
mumkin. Biroq bu odatdan tashqari hol emas.

• Namlik juda baland bo'lgan ob-havo sharoitlarida havo tarkibidagi

namlik jihozning sovuq yuzasi bilan aloqaga kelganda muzlatish
kamerasining tashqi yuzasida suv tomchilari vujudga kelishi mumkin.

Jihoz ichida suyuqlikning
qulqullashini eshitish
mumkin.

• Bu muzlatish kamerasi ichini sovutadigan sovutish kimyoviy

moddasidan chiqayotgan tovush.

Muzlatish kamerasi ichidan
yomon hid kelyapti.

• Muzlatish kamerasi ichida aynigan oziq-ovqat mahsulotlari yo'qmi?
• Kuchli hidga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, baliq)

germetik tarzda o'rab qo'yilganiga ishonch hosil qiling.

• Vaqti-vaqti bilan muzlatish kamerasini tozalab turing va har qanday

buzilgan va shubhali oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuboring.

Muzlatish kamerasi
devorlarida muz qatlami
hosil bo'ldi.

• Havo almashish tirqishlarini muzlatish kamerasiga joylashtirilgan

mahsulotlar to'sib qo'ymaganmi?

• Havo almashishini yaxshilash uchun mahsulotlar orasida iloji boricha

ko'proq joy qoldiring.

• Eshik zich yopilganmi?

Muzlatish kamerasining
ichki devorlari atrofida suv
tomchilari hosil bo'lyapti.

• Tarkibida suv miqdori ko'p bo'lgan mahsulotlar o'ralmagan holda

namlik darajasi yuqoriligicha joylashtirilgan yoki eshik uzoq vaqt
davomida ochiq qoldirilgan.

• Oziq-ovqat mahsulotlarini o'ralgan yoki germetik idishlarga solingan

holda saqlang.

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: