Инструкция по эксплуатации Samsung RZ28H61607F

Страница 57

Advertising
background image

O'zbekcha - 9

TEXNIKA XA

VFSIZLIGI BO'YICHA MA'LUMOTLAR

sovitish kimyoviy moddasi yonib
ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin.
Agar suyuqlik oqishi aniqlansa, ochiq
olovdan yoki yonishi ehtimoliga ega
narsalardan darhol uzoqlashing va
jihoz turgan xonani bir necha daqiqa
shamollating.

• Muzlatish tizimidan modda

oqib chiqish holatlari yuzaga
kelsa, yonuvchan gaz-havo
aralashmasining hosil bo'lishini
oldini olish uchun jihoz joylashtirilishi
mumkin bo'lgan xonaning o'lchami
foydalanilgan sovitish kimyoviy
moddasi miqdoriga ko'ra aniqlanadi.
Muzlatish kamerasida har qanday
shikastlanish holatlari aniqlansa, uni
yoqmang. Har qanday ikkilanish
holatlarida, jihoz tarqatuvchisi bilan
maslahatlashing. Muzlatish kamerasi
ichidagi har 8 g R-600a sovutish
kimyoviy moddasiga xonada 1 m³
ajratilishi lozim. Jihozingizdagi
sovitish kimyoviy moddasi miqdori
uning ichidagi identifikatsiya
yorlig'ida ko'rsatilgan.

TO'G'RI FOYDALANISH
UCHUN QO'SHIMCHA
MASLAHATLAR

• Elektr ta'minoti uzilib qolgan hollarda

mahalliy elektr ta'minot kompaniyasiga
qo'ng'iroq qiling va usbu uzilish
qancha davom etishini so'rang.

- Bir yoki ikki soat ichida bartaraf

etiladigan elektr ta'minot uzilishlari
muzlatish kamerasidagi harorat
ko'rsatkichlariga ta'sir qilmaydi.
Biroq, jihoz elektr toki bilan
ta'minlanmayotgan vaqtda, uning
eshigini kamroq ochib-yoping.

- Ammo elektr toki uzilishi 24

soatdan ko'p davom etadigan
bo'lsa, barcha muzlatilgan oziq-
ovqat mahsulotlarini chiqarib oling.

• Agar muzlatish kamerasining kaliti

bo'lsa, uni bolalar qo'li yetmaydigan
va jihozdan uzoqroq joyda saqlash
kerak.

• Jihoz harorati jihoz ishlashi

mo'ljallangan harorat diapazoning
quyi chegarasaidan past haroratga
ega joyda uzoq vaqt davomida
saqlansa, barqaror ishlamasligi
(ichidagi mahsulotlarning
muzlamasligi yoki muzlatilgan
mahsulotlar bo'linmasidagi harorat
juda iliq bo'lib qolishi) mumkin.

• Ushbu muzlatish kamerasi devorlarida

muzlar paydo bo'lmaydi va shuning
uchun bu jihozni qo'lda eritishning
hojati yo'q. Bu jarayon avtomatik
ravishda bajariladi.

• Muzni eritish vaqtida harorat

ko'tarilishi Jahon standartlashtirish
tashkiloti talablariga muvofiq keladi.
Biroq muzlatish kamerasining erish
vaqtida muzlatilgan oziq-ovqat
mahsulotlari haroratining ko'tarilishi
oldini olmoqchi bo'lsangiz, muzlatilgan

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: