Инструкция по эксплуатации Samsung ME731KR

Страница 82

Advertising
background image

10

O'ZBEKCHA

MUAMMO VA SHUBHALAR PAYDO BO'LGANDA NIMA

QILISH KERAK

Quyidagi muammolar paydo bo'lganida aytilgan yechimlardan foydalaning.
Bu normal holatdir.
Pechning ichki devorlarida kondensatning borligi.
Eshikcha yoki tashqi qoplam atrofidagi havo oqimi.
Eshikcha yoki tashqi qoplam atrofidagi yorug'lik shu'lalari.
Eshikcha perimetri bo‘ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan

bug‘.

СТАРТ (Start) ( ) tugmachasini bosganda pech yoqilmayapti.
Eshikcha qattiq yopilganini tekshiring.
Taom umuman tayyorlanmayapti.
Taymer to'g'ri o'rnatilganini va СТАРТ (Start) ( ) tugmachasi

bosilganligini tekshiring.

Eshikcha qattiq yopilganini tekshiring.
Elektr tarmog‘idagi yuklama oshirib yuborilmaganini, eruvchan saqlagich

kuymaganligin, yoki himoya avotmatining ishlab ketmaganini tekshiring.

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to‘g‘ri tanlanganligini

tekshiring.

Taomning ushbu turi uchun quvvatning tegishli darajasi tanlanganligini

tekshiring.

Pechda uchqunlanish va qarsillash kuzatilmoqda.
Metall bezagi bor idishdan foydalanmayotganligizni tekshiring.
Pechka ichida vilka yoki boshqa metall predmeti qoldirmaganingizni

tekshiring.

Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganligini tekshiring.
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz

shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu normal holatdir. Bunday muammoning

oldini olish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan

uzoqroqda o‘rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta’sirchan bo‘lsa, unda

displeydagi ko‘rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin. Bu muammoni hal

qilish uchun tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan

rozetkaga tiqing. Vaqtni yangidan belgilang.

Agar yuqoridagi ko’rsatmalar yordamidamuammoni hal qilib bo’lmasa,

Samsung kompaniyasining mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha

mahalliy markaziga murojaat qiling.

TAOM TAYYORLASH VA ISITISH

Taomni tayyorlash vaisitish jarayoni quyida bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval parametrlarini ALBATTA tekshiring.

Mahsulotlarni aylanuvchi patnisning markaziga qo’ying va eshikchani

yoping.
1. СВЧ (Mikroto'lqinlar) tugmachasini bosing.

Natija:

displeyda quvvatning maksimal darajasi

800 Vt ko'rsatiladi.

СВЧ (Mikroto'lqinlar) tugmachasini

quvvatning kerakli darajasini tanlaguningizgacha bosib

turing. Darajalar jadvali keyingi betda joylashgan.

2. Tayyorlash vaqtini 10 мин (Daq), 1 мин (Daq) va

10 сек (Soniya) tugmalarini bosib o'rnating.

3. СТАРТ (Start) (

) tugmachasini bosing.

Natija:

pechkada chiroq yonadi va patnis

aylana boshlaydi.

Pech taom tayyorlash jarayoni

boshlaydi, u nihoyasiga yetishi bilan pech to'rt marta

tovush signalini beradi.

Hech qachon bo'sh mikroto'lqinli pechni ishlatmang.

ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-03_UZ.indd 10

2013-11-28 �� 10:39:38

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: