Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H3350CE-WT

Страница 65

Advertising
background image

O'zbek - 5

Agar bolalar nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik

uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan

foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa va ular

yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni anglab yetsalar,

bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki

aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli

bo'lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar

ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va

texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz

tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan

yuzalarning harorati baland bo'lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar

qizib ketishi mumkin.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan

bolalarning qo'llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish

pulti yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Iltimos, katta miqdordagi mahsulotlarni

tayyorlaganda ramani qo'yilgan holatida

ushlab turish uchun uni pechning ichiga

shunday solingki, uning bukilgan tomoni

pechning orqa tarafida bo'lsin.

(Modelga bog'liq ravishda)

DIQQAT

Agar tashish vaqtida pech shikastlangan bo'lsa, uni ulamang.
Ushbu qurilma faqat maxsus litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan elektr tarmog'iga

ulanishi kerak.
Qurilma ishlamagan yoki shikastlangan hollarda undan foydalanishga urinmang.
Ta'mirlash ishlari faqat litsenziyaga ega bo'lgan texnik tomonidan bajarilishi kerak. Noto'g'ri

ta'mirlash siz va boshqalarga jiddiy xatar tug'dirishi mumkin. Agar pech ta'mirlashga muhtoj

bo'lsa, SAMSUNG Xizmat ko'rsatish markazi yoki dileringizga murojaat qiling.
Elektr o'tkazgichlar va kabellar pechga tegib turmasligi kerak.
Ushbu pech elektr tarmog'iga tasdiqlangan zanjir uzgich yoki saqlagich orqali ulanishi kerak.

Hech qachon ko'p vilkali adapterlar yoki uzatmalardan foydalanmang.
U ta'mirlanayotgan yoki tozalanayotgan vaqtda pechning elektr ta'minoti o'chirib qo'yilishi kerak.
Elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.

02

XAVFSIZLIK BO'YICHA KO'RSATMALAR

NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-01_UZ.indd 5

2014-07-15 4:38:30

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: