Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, Ogohlantiruvchi signal, Cool select zone bo'lmasi – Инструкция по эксплуатации Samsung RL50RECTB

Страница 70: Vacation (ta'til) rejimi, Sovutgich

Advertising
background image

O’zbekcha - 16

• Iliq oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni

sovutgichga joylashtirishdan avval soviting.

• Ularni joylashtirishdan avval oziq-ovqat mahsulotlari

yaxshilab o'ralgani yoki germetik idishlarga solinganiga
ishonch hosil qiling. Bu oziq-ovqat mahsulotlarini
suvsizlanishdan, buzilishdan yoki mazasi yo'qotilishidan
himoya qiladi va ularning yaxshi saqlanishiga yordam
beradi. U yana ta'mlar aralashib ketishining ham oldini oladi.

• Yog' yoki moylarning plastik moslamalar yoki

eshik zichlagichlariga tegishiga yo'l qo'ymang,
chunki bu materiallar osongina mo'rt bo'lib qoladi.

• Sovutgich ichiga portlovchi moddalarni

joylashtirmang. Yuqori foizli spirtli ichimliklar vertikal
holatda germetik yopilgan idishlarda saqlanishi kerak.

2

3

4

1

5

1

Shaffof, xavfsiz shisha tokcha(Ixtiyoriy)

• Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash idishrlariga joylashtiring

va buyumlarni mos oraliqlar qoldirgan holda soling.

• Tokcha sinmaydigan, shaffof materialdan yasalgan,

undan xavoritsiz foydalanishingiz mumkin.

2

Meva va sabzavotlar uchun tortma (Ixtiyoriy)

• Ushbu bo'lmada sabzavot va mevalarni saqlash mumkin.
• Agar meva va sabzavotlarni saqlash uchun ko'proq

joy kerak bo'lsa, tortmalarni olib qo'yish mumkin.

• Mevalar saqlash bo'lmasining aytib o'tilgan hajmi

tortmalar olib tashlangan holda hisoblanadi.

3

CoolSelect Zone bo'lmasi tortmasi (Ixtiyoriy)

• Oziq-ovqat mahsulotlarining mazasini saqlash va

ular sarinligini uzaytirishga yordam bering.
Bundan pishloq, go'sht, tovuq, baliq yoki boshqa
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda foydalaning.

Sarinlik xonasi (Ixtiyoriy)

• Baliq, go'sht va sosiskalarni saqlash uchun juda mos.
• Ushbu bo'lmadagi harorat sovutgich

bo'lmasidagiga qaraganda pastroq. Harorat 0 °C
darajadan pastroq ham bo'lishi mumkin.

• Yangi oziq-ovqat mahsulotlari bo'lmasining

aytilgan hajmi Fresh Room (Sarinlik xonasi) olib
tashlangan holatda hisoblanadi.

Fresh Room (Sarinlik xonasi) bo'lmasida meva
yoki sabzavotlarni saqlamang.
Meva yoki sabzavotlar muzlab qolishi mumkin.

3

Ogohlantiruvchi signal

Alarm (Ogohlantiruvchi signal) funksiyasini faollashtirish
uchun bu tugmani bosing. Alarm (Ogohlantiruvchi
signal) indikatori (

) yonadi va sovutgich eshigi 2

daqiqadan ko'proq vaqt ochiq qolganda sovutgich sizni
signal bilan ogohlantiradi. Alarm (Ogohlantiruvchi signal)
funksiyasini o'chirish uchun shu tugmani bosing.

4

Cool Select Zone bo'lmasi

Quick Cool (Tez sovitish) (

) rejimi

• Agar siz mahsulotlarni tez sovitishni xohlasangiz,

ularni Cool Select Zone bo'lmasiga joylashtiring
va Quick Cool (Tez sovitish) rejimini tanlang.

• Cool Select Zone bo'lmasida mahsulotlar 60

daqiqa sovitiladi.

• Quick Cool (Tez sovitish) rejimi tugallangandan

keyin Cool Select Zone tortmasi avtomatik
ravishda Cool (Yengil sovitish) rejimini o'rnatadi.

Soft Freeze (Yumshoq muzlatish) (

)

• Soft Freeze (Yumshoq muzlatish) rejimi

tanlanganda Cool Select Zone bo'lmasidagi
harorat -5 °C darajaga o'rnatiladi.

Zero Zone (Nol zonasi)(

)

• Zero Zone (Nol zonasi) rejimi tanlanganda Cool Select

Zone bo'lmasidagi harorat 0 °C darajaga o'rnatiladi.

Cool (Yengil sovitish)(

) rejimi

• Cool (Yengil sovitish) rejimi tanlanganda Cool Select

Zone bo'lmasidagi harorat 3 °C darajaga o'rnatiladi.

5

Vacation (Ta'til) rejimi

Vacation (Ta'til) rejimini faollashtirish uchun Vacation (Ta'til)
tugmasini bosing. Vacation (Ta'til) indikatori (

) yonadi

va siz uzoq dam olishga chiqqaningizda, xizmat safariga
ketayorganingizda yoki sovutgichdan foydalanishga
ehtiyojingiz bo'lmagan vaqtlarda quvvat iste'molini
kamaytirish uchun harorat 15 °C darajaga ornatiladi.
Vacation (Ta'til) rejimi faollashtirilganda muzxona kamerasi
yoqilgan holatda qoladi. Vacation (Ta'til) funksiyasi
yoqilgan holda sovutgich harorati o'zgartirilsa, Vacation
(Ta'til) funksiyasi avtomatik ravishda o'chiriladi. Vacation
(Ta'til) funksiyasidan foydalanishdan avval sovutgich
kamerasidagi oziq-ovqat mahsulotlarini albatta olib qoying.

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SAQLASH

Sovutgich

Ushbu sovutgichdan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda
foydalanganda quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

DA99-03458B-19.indb 16

DA99-03458B-19.indb 16

2014. 6. 13.

11:20

2014. 6. 13.

11:20

Advertising