Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-3952

Страница 39

Advertising
background image

ЎЗБЕК

9

Rozetkalar yoki uzun simli ulagichlarga

ortiqcha yuk tushishiga yo’l qo’ymang, chunki

bu yong’inga yoki elektr tokining zarbasi bilan

shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu buyumni nosozlik yuz bergan holda

tarmoq simining vilkasini rozetkadan darhol olish

mumkin bo’lgan tarzda o’rnating.

Buyumni tekis yuzaga qo’yib joylashtiring.

Buyumni chaqmoq va momaqaldiroq paytida

qo’shimcha himoyalash uchun, shuningdek

undan uzoq vaqt mobaynida foydalanmaydigan

bo’lsangiz, uni elektr tarmog’ining rozetkasidan

olib o’chiring. Bu chaqmoq urishining oqibatida

yoki elektr tarmog’ida kuchlanish sakrashi tufayli

buyumning ishdan chiqishining oldini oladi.

Tarmoq simini rozetkadan olib o’chirish uchun

bevosita tarmoq vilkasidan ushlab o’chiring, hech

bir holda simdan ushlab tortmang.

Elektr tokining zarbasiga uchramaslik uchun

buyumning korpusinimustaqil holda o’zingiz

ochmang. Buyumni o’zingiz ta’mirlamang va

unga o’zgarishlar kiritmang. Servis xizmatlarni

ko’rsatishni faqat servis markazlarining malakali

mutaxassislari amalga oshirishi mumkin.

Buyumni yetarli shamollatish imkoniyati bo’lgan

joylarda o’rnating. Shamollatish tuynukchalarining

ustini yopmang.

Buyumni issiqlik manbalariga yaqin joyda,

masalan, radiatorlar, elektr isitkichlar,

duxovkalar yoki issiqlik manbalari bo’lgan

boshqa buyumlar va moslamalarning (jumladan

kuchaytirgichlarning) yonida, shuningdek

to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari tushadigan,

chang o’ta ko’p bo’lgan yoki mexanik zarbalar

tushishi imkoniyati mavjud bo’lgan joylarda

joylashtirmang.

Agar yoqilgan buyum yonida bolalar yoki

imkoniyatlari cheklangan kishilar bo’lganda

alohida ehtiyotkor bo’lib, ularga diqqat qiling,

ularni qarovsiz qoldirmang.

Buyumning korpusidagi tuynukchalar orqali

biror-bir begona jismlarning ichiga tushishiga

yo’l qo’ymang, bu buyumning yonib ketishiga va

elektr tokining zarbasi bilan shikastlanishga olib

kelishi mumkin. Agar bu hol yuz bergan bo’lsa,

buyumni tarmoqdan olib o’chiring va undan

keyingi foydalanish uchun servis markaziga

murojaat qiling.

Quloqliklar orqali katta ovoz balandligidagi

tovushlarni tinglamang. Shifokorlar quloqliklar

orqali uzoq to’xtovsiz tinglashni tavsiya etmaydi.

Ta’mirlashni talab etuvchi shikastlanishlar

Quyida tasvirlab berilgan vaziyatlarda buyumni

tarmoqdan olib o’chirib, buyumni ta’mirlash uchun

malakali xodimlarga murojaat qilish lozim:

a) Tarmoq simi yoki vilkasi shikastlangan.

b) Buyum ichiga begona jismlar tushib qolgan.

c) Buyum yomg’ir ostida qoldi yoki uning ustiga

suv to’kildi.

d) Buyum normal ravishda ishlamayapti.

e) Buyum tushib ketdi yoki boshqacha biror

holda shikastlangan edi.

f) Buyumning ishlashida oshkora o’zgarishlar

sezilib turibdi.

Buyumni parvarish qilish

Tozalashdan avval buyumni rozetkadan olib

o’chiring. Buyumni tozalash uchun mayin nam

mato bo’lagidan foydalaning. Bu maqsadda

suyuq yoki aerozolli tozalash vositalaridan

foydalanish taqiqlanadi.

Disklarni parvarish qilish

Darz ketgan yoki shakli o’zgarib ketgan

disklardan foydalanmang, bu hol buyumning

buzilishiga olib kelishi mumkin.

Diskni faqat chetidan ushlab ishlating. Diskning

ish yuzalariga tegmang. Diskning ish yuzasidagi

chang, tirnalgan joylar yoki barmoq izlari uning

ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Disklarni to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlarining

ta’sirida, yuqori harorat va namlikning ta’sirida

qoldirmang.

Ishlatishdan keyin diskni saqlash uchun g’ilofining

ichiga solib qo’ying.

Diskning ish yuzasini vaqt-vaqti bilan markazidan

chetlariga qarab artib turing.

TA’RIFI

1. VOLUME ovoz balandligini sozlash dastasi

2. disklar uchun bo’linma

3. SK-displey

4. FM ST stereo rejimining indikatori

5, 6.SKIP/SEARCH avvalgi / keyingi trekka o’tish

3952IM.indd 39

20.06.2008 11:40:05

Advertising