Инструкция по эксплуатации АТЛАНТ СМА 70С1010 приложение
Страница 27
27
UZB
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
belgilangan bo’lsa) indikatorlari yonib turadi.
Agar “Kechiktirilgan start” (
) qo’shimcha funksiyasi tanlangan
bo’lsa, u holda vaqt indikatorida kir yuvishdan oldin vaqt sanog’i
boshlanadi (vaqt ko’rsatgich miltllaydi,
tugmasi indikatori — yoniq).
1.8.2 Buyumni kraxmallashni kir yuvilgandan keyin amalga
oshirish tavsiya etiladi. Kraxmallash uchun ishlab chiqaruvchilarning
tavsiyalari asosida mashinaga taxminan 15 litr suv solinishini inobatga
olgan holda maxsus kraxmallash vositasini suvda eritish lozim.
Kraxmallash uchun suyuq vositasini foydalanish qo’llanmasiga asosan
mashina tog’orasiga quying (6 bo’lim). Dastani “Chayish” dasturiga
o’rnating, zarurat bo’lganda siqish tezligini o’rnating,
tugmasini
bosgan holda dasturni ishga tushiring.
DIQQAT! Buyum kraxmallanayotganda unga konditsioner
bilan ishlov berilmagan bo’lishi kerak.
1.9 MASHINA ISHLAYOTGANDA TO’XTAM
1.9.1 Mashinani dasturni bekor qilmasdan to’xtatish uchun
— tugmasini bosing va bunda ovoz chiqadi va tugma indikatori
lipillaydi, vaqt o’tishi o’chadi va kir yuvilishi to’xaydi, indikatorda “P”
yonadi.
Agarda aynan o’sha vaqtda mashina ichida suv bo’lsa, uskuna
eshigi o’chadi va eshikni ochsa bo’ladi. Mashina ichida suvning ko’p
miqdorda bo’lishida, bloklangan uskuna eshigi ochilmaydi va eshikning
ochilishi uchun dastruni bekor qilish lozim (1.10ga qarang).
Kir yuvilishini davom ettirish uchun
tugmasini bosish lozim.
Mashina yuvishni to’xtatilgan dasturidan davom ettiradi, bu esa yuvish
vaqtining cho’zilishiga ham olib keladi.
Ba’zi bir dasturlarda mashinani to’xtatib bo’lmaydi, negaki, bunday
yuvish ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshiriladi. Bunda eshikni ochish
lozim hamda mazkur dasturni bekor qilish lozim (1.10 ga qarang).
DIQQAT! Agar barabandagi suv hajmi oynadan ko’rinayotgan
bo’lsa, u holda mashina eshikchasini ochmang.
1.10 DASTURNI BEKOR QILISH
1.10.1 Bajarilayotgan dasturni bekor qilish uchun tugmasini 3 s
davomida bosib turish lozim – vaqt indikatorida o’chirishgacha qolgan
vaqtning sanog’i (soniyada) boshlanadi (masalan, «3...2...1»), “OFF”
yozuvi yonadi. So’ngra mashina to’xtatiladi va tanlangan dastur bekor
qilinadi. Eshikchani ochish zarurati tug’ilganda, “Suvni To’kish” dasturini
tanlab yoqib, suvni to’kishni amalga oshirish lozim.
1.11 MASHINANI O’cHIRISH
1.11.1 Kir yuvishning oxirgi operasiyasi tugagach, vaqt indikatorida
“End” yozuvi paydo bo’ladi, eshikchaning blokirovka moslamasi to’xtatib
qo’yiladi, tovushli signal eshitiladi, kir yuvish operasiyalari indikatorlari
va
tugmaning indikatori o’chadi.
Agar mashina elektr tarmog’idan uzilmagan bo’lsa, bu holda
tovushli signal bir daqiqa oraliq bilan yana besh marta eshitiladi,
kir yuvilishi tugagach 15 daqiqadan so’ng indikasiya o’chib va
elektrenergiyani tejash maqsadida mashina avtomatik ravishda o’chib
qo’ladi.
1.11.2 Kir yuvish tugagach
tugmani bosing — mashina
o’chiriladi. So’ngra energiya shnuri vilkasini razetkadan chiqaring va suv
yetkazish kranini yoping. Eshikchani ochib kirlarni chiqaring.
2 K I R Y U V I S H DA ST U R L A R I
2.1 Mashinada 1-jadvalda kir yuvish asosiy dasturlari ko’zda
tutilgan (Paxta, Sintetika, Aralash matolar, Jun) va maxsus (Ipak, qo’lda
yuvish, Juda tez kir yuvilishi 15 daq., Bolalar kiyimlari, Ko’ylaklar, Jinsilar,
Sport oyoq kiyimi, qoramtir narsalar, Ustgi kiyim, Chayqach, Suvni
to’kish, Siqish) kabi dasturlari mo’ljallab qo’yilgan.
2.2 Maxsus dasturlar yuvilayotgan buyumlar o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga oladi.
«Ipak» — ipakdan to’qilgan buyumlar, ichki kiyimlar, pardalarni
yuvish uchun dastur. Dasturda ko’zda tutilgan avaylab siqish matolarni
gichimlanishdan asraydi.
«Qo’lda kir yuvish» juda yupqa va nozik gazlamalardan tikilgan,
markasida
yoki
qarash belgilari mavjud bo’lgan, buyumlar
uchun muljallangan.
Dastur qisqa avaylab siqish bilan tugaydi.
«Juda tez 15 daq.» dasturi tez kam miqdordagi uncha kir
bo’lmagan narsalarni yuvishga imkon beradi, hamda vaqtni va elektr
energiyani tejaydi. Mazkur dasturni qo’llaganda, sovuq suvda har xil
matolardan bo’lgan kirlarni (ipak va jundan to’qilgan, hamda qo’lda
yuviladigan buyumlardan tashqari) yuvsa bo’ladi.
«Bolalar kiyimi» — bolalar kiyimi, pelonka, choyshab, sochiqlar,
salfetkalarni va h.k. yuvish uchun dastur. Dastur kir yuvish vositalarga
allergiyasi bo’lgan kishilarnig kiyimini yuvish uchun tavsiya etiladi. Dastur
amalga oshirilganda kir yuvish va chayishning yuqori samaradorligi
ta’minlanadi.
Dasturni tanlaganizda, avtomatik ravishda “oldindan kir yuvish”
funksiyasi yoqiladi. Uni
knopkani bosib uchirish mumkin.
«Ko’ylaklar» — har xil matolardan va turli ranglarda bo’lgan
ko’ylalk va bluzkalarni yuvishi uchun dastur. Dastur narsalarning
maksimal saqlanishini ta’minlaydi, avaylab siqish mato g’ijimlanishini
kamaytiradi.
«Jinsilar» — jinsi matosidan tyyorlangan buyumlarni yuvish uchun
dastur. Kir yuvish jarayonida, mato deformatsiyalanishdan ehtiyot
qilinadi, gazlama aynishi va rangi o’chishining oldini olinadi.
«Qoramtir buyumlar» — dastur to’q rangdagi paxta va sintetik,
alohida qarash so’ramaydigan buyumlar uchun mo’ljallangan.
«Ustki kiyim» — suv yuqmaydigan matolardan (poliestr, neylon)
tayyorlangan buyumlar, kurtka, yengil kurtka, plash, sport kiyimlar
yuvishini imkon beruvchi dastur. Kir yuvish natijasi yuqori bo’lishi uchun,
kir yuvishdan oldin manjet, yoqa va dog’ tegkan joylarga oldindan
ishlov berilishi tavsiya etiladi. Dastur “partushak” kurtka yuvilishi uchun
mo’ljallanmagan.
Kir yuvilganda konditsioner yoki tarkibida konditsioner mavjud
bo’lgan kir yuvish vositalardan foydalanish tavsiya etilmayd.
3 MASHINA ISHLASHI O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
3.1 Mashinada (bajarilishiga ko’ra) avariya rejimida (elektr ta’minot
uzilganda) eshikchani ochish imkoniyati ko’zda tutilgan.
Eshikchani ochish uchun filtr qopqog’ini ochish lozim (4 suratga
qarang), fiksatorni o’ziga tortib uni tyagasini olish kerak. So’ngra
tyagani pastga tortib va bir vaqtda eshikchani ochish kerak. Eshikcha
ochilgandan keyin fiksatorga yana tyagani bosish kerak.
tortish
4 surat
fiksator
filtr qopqog’i