Bolalardan qulflash, Tovush signalini o’chirish, Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802WFVS-YLP
Страница 157
kir yuvish _25
02 kir yuvish
Bolalardan qulflash
“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalar kir yuvishning tanlangan siklini almashtirib qo’ymasliklari
uchun tugmalarni bloklab qo’yish imkoniyatini beradi.
Yoqish/o’chirish
“Bolalardan qulflash” funksiyasini yoqish yoki o’chirish kerak bo’lsa, bir vaqtning o’zida Темп.
(Harorat) va Полоскание (Chayish) tugmalarini 3 soniyaga bosib turing. Ushbu funksiya
yoqilganidan so’ng “Bolalardan qulflash ” indikatori yonadi.
“Bolalardan qulflash” funksiyasi yoqilganda faqat Вкл./
Выкл. (Yoqish) tugmasi ishlaydi. “Bolalardan qulflash”
funksiyasi ta’minot yoqilgandan va o’chirilgandan keyin yoki
ta’minot kabeli o’chirilganidan yoki qayta o’qilganidan keyin
ham yoqilgan bo’ladi.
Tovush signalini o’chirish
“Tovush signalini o’chirish” funksiyasini barcha sikllarda tanlash mumkin. Ushbu funksiya
tanlanganda barcha sikllar uchun tovush o’chiriladi. Kir yuvish mashinasi bir necha marta o’chirib
yoqilganda ham ushbu parametr saqlanib qoladi.
Yoqish/o’chirish
“Tovush signalini o’chirish” funksiyasini yoqish yoki o’chirish
kerak bo’lsa, bir vaqtning o’zida Отжим (Siqish) va Опция
(Optsiya) tugmalarini 3 soniyaga bosib turing. Ushbu funksiya
yoqilganidan so’ng “Tovush signalini o’chirish ” indikatori
yonadi.
“Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi
3-19 soatga qoldirish vaqtini tanlab (1 soat qadami bilan), kir yuvish mashinasi avtomatik
ravishda kir yuvishni keyinroq tugatishi uchun uni dasturlash mumkin. Displeyda aks ettirilayotgan
vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.
1. Kir yuvish mashinasining dasturini kir yuvish uchun mo’ljallangan kir matosining turiga muvofiq
qo’lda yoki avtomatik ravishda o’rnating.
2. Qoldirish vaqti o’rnatilgunga qadar Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmasini bir
necha marta bosing.
3. Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing. “Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) ”
indikatori yonadi va soat ko’rsatilgan vaqtgacha teskari sanashni boshlaydi.
4. “Отсрочка (Kir yuvishni qoldirish)” funksiyasini bekor qilish uchun Вкл./Выкл. (Yoqish)
tugmasini bosing, so’ng kir yuvish mashinasini qaytadan yoqing.
3 soniya.
3 soniya.
WF1802WF-03061B-08_UZ.indd 25
2014-1-29 11:30:34