Kir yuvish mashinasini o’rnatish, O’rnatish talablariga muvofiqlik, Elektr ta’minoti va yerga ulash – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802NFWS

Страница 146: Suvni quyish

Advertising
background image

14_ kir yuvish mashinasini o’rnatish

kir yuvish mashinasini o’rnatish

O’RNATISH TALABLARIGA MUVOFIQLIK

Elektr ta’minoti va yerga ulash

Yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohatlar olishning oldini olish uchun elektr tarmog’iga ulash va yerga

ulash AQSh ning Milliy elektrotexnik me’yorlari va qoidalari, ANSI/FNPA 70 ning so’nggi versiyasi va mahalliy

qonunchilikka muvofiq bajarilgan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasining foydalanuvchisi ushbu qurilmani

tegishli elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

Hech qachon uzaytirgichlardan foydalanmang.

Faqat kir yuvish mashinasi majmuasiga kiruvchi elektr manbaiga ulash kabelidan foydalaning.

O’rnatishga tayyorlashda elektr manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:

Elektrik rozetka 220-240V / 50Gts, saqlagich yoki 15 A li avtomatik o’chirg’ich;

Faqat kir yuvish mashinasiga mo’ljallangan alohida tarmoqlangan zanjir.

Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo’lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to’g’ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan

hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo’l bilan ta’minlagan holda elektr toki urish xavfini

kamaytiradi.

Kir yuvish mashinasi yerga tug’ri ulangan rozetkada foydalanish uchun mo’ljallangan yerga ulash kabeliga

ega bo’lgan uch kontaktli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.

Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz ta’minlash liniyalari yoki issiq suv trubasiga

ulamang.

Yerga ulash simining noto’g’ri ulanishi elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to’g’ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo’lmasa, maslahat olish

uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassisga murojaat qiling. Kir yuvish

mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini o’zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos

kelmasa, tegishli rozetkani o’rnatish uchun malakali elektrikka murojaat qiling

Suvni quyish

Suv bosimi 50-800 kPa bo’lsa, kir mashinasi ishlayotganda unga suv tegishlicha quyiladi. Suv bosimi 50 kPa

dan past bo’lganda suv klapanining ishida uzilishlar yuz berishi mumkin va ushbu klapan to’liq yopilmasligi

mumkin. Kir yuvish mashinasini suv bilan to’ldirish uchun boshqaruv tizimida berilgan vaqt qiymatiga

nisbatan ko’proq vatq talab qilinishi mumkin, bu esa qurilmaning o’chirib qo’yilishiga olib keladi (Boshqaruv

tizimida kir yuvish mashinasini to’ldirish vaqti uchun cheklanish o’rnatilgan, bu ichki shlang bo’shab qolgan

hollarda ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishini oldini olishga imkon beradi).
Kir yuvish mashinasi bilan berilgan suv bilan ta’minladigan shlanglar kir yuvish mashinasiniga ulanishi uchun

vodoprovod jo’mraglari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 122 sm masofada joylashgan bo’lishi kerak.

Ko’pchilik santexnika mahsulotlari sotiladigan do’konlarda uzunligi eng ko’pi bilan 305 sm gacha

bo’lgan turli uzunliklardagi shlanglar sotiladi.
Quyidagi harakatlarni bajarish orqali suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan zararlarning

vujudga kelish xavfini kamaytirish mumkin:
• Suv jo’mraglaridan osongina foydalanishni ta’minlash.

• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda jo’mraglarni yopib qo’yish.

• Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish.
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod
jo’mraglariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib ketmayotganligini tekshiring.

OGOHLANTIRISH!

OGOHLANTIRISH!

WF1802NFWS-02974B-08_UZ.indd 14

2014/5/23 15:35:06

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: