Инструкция по эксплуатации Samsung WW60H5200EW

Страница 166

Advertising
background image

O'zbekcha - 34

kir yuvish mashinasini tozalash va

xizmat ko’rsatish

MUZLAB QOLGAN KIR YUVISH MASHINASINI TA’MIRLASH

Agar harorat suv muzlab qolish nuqtasidan pastroq tushid ketsa va kir yuvish mashinasi muzlab qolgan bo’lsa, quyidagi
harakatlarni bajaring.

1. Kir yuvish mashinasini rozetkadan olib qo’ying.

2. Shlangni ajratib qo’yish uchun suvni quyish shlangi ulangan vodoprovod jo’mragi ustidan iliq suvni

quying.

3. Suvni quyish shlangini yeching va uni iliq suvga solib qo’ying.

4. Kir yuvish mashinasining barabaniga iliq suvni quyib, uni 10 daqiqaga barabanda qoldiring.

5. Suvni quyish shlangini qaytadan jo’mrakka ulang hamda suvni quyish va chiqarish funksiyalar sozligini

tekshiring.

KIR YUVISH MASHINASINI SAQLASH

Agar kir yuvish mashinasini uzoq muddat ichida saqlash zaruriyati bo’lsa, eng yaxshisi suvni to’kib tashlash va
o’zgaruvchan tok tarmog’idan mashinani o’chirib qo’yish lozim. Kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi mumkin, agar uni
saqlashga joylashtirishdan oldin shlanglardan va ichki qismlardan suv chiqarilmagan bo’lsa

1. ХЛОПОК (PAXTA) siklini tanlang, so'ngra Быстрая стирка (Tez kir yuvish) tugmasini bosing va kir

solmasdan yuvish siklini ishga tushiring.

2. Vodoprovod jo’mraklarini burab qo’ying va suvni quyish shlanglarni uzib qo’ying.

3. Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’idan ajratib qo’ying va barabanga toza havo kelishi uchun eshikni

ochiq holda qoldiring.

Agar mashina Selsiy bo’yicha 0 darajadan pastroq haroratda saqlangan bo’lsa, unda uni ishlatishdan
oldin mashinadagi suv erib ketishi uchun ma’lum vaqt bering.

WW60H5200EW-03384C-01_UZ.indd 34

2014-3-6 15:12:15

Advertising