Nosozliklarni bartaraf qilish, Muammo yechim – Инструкция по эксплуатации Samsung RT5562GTBSL
Страница 94
22_
Nosozliklarni bartaraf qilish
Nosozliklarni bartaraf qilish
MUAMMO
YECHIM
Sovutgich umuman
ishlamayapti yoki harorat
juda baland.
• Elektr manbaiga ulash shnuri vilkasining to'g'ri ulanganligini
tekshiring.
• Old panelda haroratni boshqarish to'g'ri o'rnatilganmi?
• Sovutgichga quyosh burlari tushib turibdimi yoki yaqin atrofda
isitish manbalari mavjudmi?
• Sovutgichning orqa paneli devorga juda yaqin joylashtirilmaganmi?
Sovutgichdagi mahsulot
muzlab qolgan.
• Old panelda haroratni boshqarish eng sovuq haroratga
o'rnatilganmi?
• Atrofdagi harorat juda pastmi?
• Ovqatni sovutgichning eng sovuq joyiga ko'p suyuqligi bilan saqlab
qo'yganmidingiz?
G'alati tovushlar
chiqayapti.
• Sovutgichning qattiq, tekis pol yuzasiga o'rnatilganligini tekshiring.
• Sovutgichning orqa paneli devorga juda yaqin joylashtirilmaganmi?
• Sovutgichning orqasiga yoki tagiga boshqa buyumlar tushib
ketmaganmi?
• Shovqin jihozning ichidagi kompressordan kelyaptimi?
• Sovutgichning ichidan chiqillagan tovush eshitilmoqda; bu – normal
holat. Turli aksessuarlar bir-biriga tekkan yoki kengayganda bunday
tovush paydo bo'ladi.
Sovutgichning old
burchaklari va yon
tomonlari iliq va
kondensatsiyalanish hosil
bo'la boshladi.
• Kondensatsiyalanish hosil bo'lishini oldini olish uchun qurilmaning
old burchaklariga issiqqa chidamli trubkalar o'rnatilgan.
Atrofdagi harorat ko'tarilishi bilan bu doim ham samara bermasligi
mumkin. Biroq bu odatdan tashqari hol emas.
• Namlik juda baland bo'lgan ob-havo sharoitlarida havo tarkibidagi
namlik qurilmaning sovuq yuzasiga tekkanda sovutgichning tashqi
yuzasida kondensatsiyalanish vujudga kelishi mumkin.
Sovutgichdan
suyuqlikning qultillagani
eshitilmoqda
• Bu Sovutgich ichini sovutuvchi sovutish vositasidir.
Sovutgich ichidan yomon
hid kelayapti.
• Oziq-ovqat mahsuloti aynib qoldimikan?
• Kuchli hidi bor oziq-ovqat mahsuloti (masalan, baliq) havo
o'tmaydigan qilib o'ralganiga ishonch hosil qiling.
• Vaqti-vaqti bilan sovutgichni tozalab turing va har qanday buzilgan
va shubhali oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuboring.
Jihoz devorlarida muz
qatlami bor.
• Havo chiquvchi teshiklar Sovutgich ichida saqlanayotgan oziq-
ovqat mahsulotlarini bilan to'silib qolganmi?
• Havo almashishini yaxshilash uchun mahsulotlar orasida iloji
boricha ko'proq joy qoldiring.
• Eshik to'liq yopilganmi?
Suv tomchilari jihozning
ichki devori va sabzavotlar
atrofida hosil bo'lmoqda.
• Tarkibida suv ko'p bo'lgan ovqat namlik darajasi yuqori bo'lgan
holda yopilmay qolgan yoki eshik uzoq vaqt ochiq qolgan.
• Oziq-ovqat mahsulotlarini o'ralgan yoki germetik konteynerlarga
solingan holda joylashtiring.
Muzxona va sovutkichdagi
chiroqlar yonmagan.
• Muzxona va sovutkichning eshiklari 2 sekund yoki ko'proq
vaqt davomida yonma-yon ochiq holda qolsa, chiroqlar qayta
yonmasligi mumkin. Eshiklarni yopib, qayta oching.
DA68-02636H-05.indb 22
14. 4. 29. �� 9:23