Bolalardan qulflash” funksiyasi, Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi, Raqamli grafik displey – Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802XFW

Страница 135: Keng eshikcha

Advertising
background image

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari _3

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini olishga

imkon beradi.

Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u

faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• “Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa

uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada

oshiradi.

• Raqamli grafik displey

Raqamli grafik displeyga ega bo’lgan boshqaruv paneli juda sodda va foydalanishga qulaydir.

Foydalanishga qulay bo’lgan raqamli grafik displey tufayli kir yuvishning eng yaxshi natijalariga erishish

uchun kir yuvish rejimi sozlamalarini sozlashni tez va aniq bajarish mumkin.

• Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar, masalan,

choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

• Suv uchun Aqua shlang modeli va suv oqib chiqishi datchigi (ayrim

modellarda)

Samsung kompaniyasi kir yuvish mashinalaridagi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan suv oqib chiqishidan

himoyalash tizimi suv manbaiga ulanish joyida suv oqib chiqishining oldini oluvchi va suv oqib chiqishini

aniqlash datchigining tag qismida joylashgan “aqlli” shlangni o’z ichiga oladi. Suv quyish shlangining ichki

qatlami shikastlangan hollarda shlang ichida mavjud bo’lgan gubka kengayadi va krandan suv kirishingi

to’sib qo’yadi.

• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va elektr

energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki barobar

uzoqroq xizmat qiladi.

Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti kamayadi va elektr

energiyasi tejab qolinadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli

tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining bayoni, kir yuvish

mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanish

bo’yicha maslahatlarni topasiz. 37-sahifadagi “nosozliklarni izlash va bartaraf qilish va axborot

kodlari” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni barataraf qilish bo’yicha maslahatlar

keltirilgan.

WF1802XF_DC68-03061F-07_UZ.indd 3

2014/5/23 11:04:00

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: