Инструкция по эксплуатации Samsung SR8750

Страница 123

Advertising
background image

Ehtiyotkorlik choralari

_03

XAVFSIZLIK BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR
Elektr qurilmasidan foydalanganda asosiy ehtiyot choralariga, jumladan quyida
bayon qilinganlarga amal qilish lozim.
ROBOTLASHTIRILGAN CHANGYUTGICHDAN FOYDALANISHDAN AVVAL
BARCHA KO’RSATMALARNI O’QIB CHIQING
Changyutgichdan foydalanilmayotgan vaqtda hamda unga texnik xizmat
ko’rsatishdan avval uni elektr tarmog’i rozetkasidan uzib qo’ying.
OGOHLANTIRISH: yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohatlanishning oldini
olish uchun quyida keltirilgan ehtiyotkorlik choqaralriga amal qiling.

UMUMIY MA’LUMOTLAR
• Qurilmadan faqat ushbu qo’llanmaga muvofiq tarzda foydalaning.
• Robotlashtirilgan changyutgich va zaryadlash qurilmasidan biror bir shikastlanishlar mavjud

bo’lgan hollarda foydalanmang.

• Agar chanyutgich kerakli darajada ishlamasa, tushib ketsa, shikastlansa, ma’lum vatq

ko’chada yoki suv ichida yotgan bo’lsa, uni xaridorlarni qo’llab-quvvatlash markaziga olib
boring.

• Robotlashtirilgan changyutgich yoki zaryadlash qurilmasiga ho’l qo’llaringiz bilan tegmang.
• Qurilmadan faqat xona ichida va faqat quruq sirtlar ustida foydalaning.
• Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu

mashinadan foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilgan bo’lsa, bu qurilmadan 8 yoki undan
kattaroq yoshdagi bolalar, jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi
yetarli bo’lmagan shaxslar foydalanishlari mumkin.

• Bolalarga qurilma bilan o’ynash ta’qiqlanadi. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish bolalar

tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.

ZARYADLASH QURILMASI
• Qutblashmagan rozetkaga yoki uzaytirgichga ulash uchun qutblashgan vilkadan

foydalanmang.

• Qurilmadan ko’chada yoki nam sirt ustida foydalanmang.
• Undan foydalanilmagan vaqtda hamda unga texnik xizmat ko’rsatishda zaryadlash qurilmasini

rozetkadan uzib qo’ying.

• Zaryadlash uchun faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan zaryadlash qurilmasidan

foydalaning.

• Elektr tarmog’iga ulash kabeli yoki vilka shikastlangan bo’lsa, qurilmadan foydalanmang.
• Elektr tarmog’iga ulash kabelidan tortmang, undan qurilmani siljitishda foydalanmang, kabelni

eshikka qismang, o’tkir qirralar yoki burchaklar atrofida tortmang. Elektr tarmog’iga ulash
kabelini issiq yuzalardan uzoqroq saqlang.

DJ68-00682L-05.indb 3

2014. 5. 7. �� 3:15

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: