Инструкция по эксплуатации Samsung WF1600WRW

Страница 135

Advertising
background image

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari _3

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir
yuvishga erishiladi.

• Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga
mos keluvchi Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan
shug’ullanishingizga imkon beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha)
15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini
olishga imkon beradi.
Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u
faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• “Kir yuvishni kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa
ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish
qulayligini yanada oshiradi.

• Keng eshikcha

Qulay ko’rish uchu katta diametrdagi eshikcha! Yuklanish va kirlarni, ayniqsa yirik kirlar,
masalan, choyshablar, sochiq kabilarni chiqarib olishni osonlashtiradi.

• Keramik isitish elementi uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydi va

elektr energiyasi harajatlarini kamaytiradi (ayrim modellarda)

Biz tomonimizdan yaratilgan keramik isitish elementi oddiy isitish elementlariga nisbatan ikki
barobar uzoqroq xizmat qiladi.
Natijada ta’mirlash harajatlari kamayadi. Bundan tashqari suvning qattiqlik koeffitsienti
kamayadi va elektr energiyasi tejab qolinadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va
uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining
bayoni, kir yuvish mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va
funksiyalardan foydalanish bo’yicha maslahatlarni topasiz. 35-sahifadagi “nosozliklarni izlash
va bartaraf qilish va axborot kodlari
” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni
barataraf qilish bo’yicha maslahatlar keltirilgan.

WF1602WR-02795D-11_UZ.indd 3

2014-3-6 14:31:22

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: