Foydalanishga oid ogohlantiruvchi ma’lumotlar – Инструкция по эксплуатации Samsung WF0408N2N

Страница 143

Advertising
background image

ehtiyotkorlik choralari _11

Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko’mib yubora boshlasa, elektr
manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Mashinadan foydalanmasangiz, ta'minot vilkasini sug'urib qo'ying.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

FOYDALANISHGA OID OGOHLANTIRUVCHI MA’LUMOTLAR

Kir yuvish mashinasi kir yuvish kukuni, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan
ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan
kir yuvish mashinasini tozalang.
- Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan

chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta’sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot
bo’ling.
- Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Suv quyish to’xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik
bilan oching.
Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo’lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.
- Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi

yoki suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to’laligicha kir
yuvish mashinasining ichiga joylashtiring.
- Mashinani ortiqcha yuklamang.
- Ushbu talabga amal qilmaslik uning buzilishi yoki kiyimlarning so'tilishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo’ying.
- Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil

qiling.

- Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishga olib kelishi

mumkin.

Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar,
soch va xokazo) yo’qligiga ishonch hosil qiling.
- Agar eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Yonib ketish yoki portlash xavfini kamaytirish uchun:
- Ma’lum sharoitlarda bunday isitgichlar ikki hafta yoki undan ko’proq muddat davomida

foydalanilmagan hollarda sizning issiq suv isitgichingiz kabi issiq suvli tizimlarda vodorod
hosil bo’lishi mumkin. VODOROD – BU PORTLOVCHAN GAZ. Agar issiq suv tizimingizdan
ikki hafta yoki undan ko’proq muddat foydalanilmagan bo’lsa, kir yuvish mashinasidan
foydalanishdan avval uyingizdagi barcha issiq suv kranlarini ochib qo’ying va suvni bir necha
daqiqa oqizib qo’ying. Bu barcha hosil bo’lgan vodorodning chiqib ketishiga imkon beradi. Bu
vaqt ichida chekish va ochiq ko’rinishdagi olov yoqmaslik kerak, chunki vodorod portlovchan
gaz hisoblanadi.

DIQQAT!

WF0400N2-02876C-11_UZ.indd 11

2014-3-6 13:49:37

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: