Инструкция по эксплуатации Samsung WF8500NMW
Страница 141
Nosozliklarni izlash va bartaraf qilish va axborot kodlari _29
04
П
о
И
ск
И
У
ст
РАНЕНИЕ
НЕИ
с
ПРАВН
ост
Ей
Nosozliklarni izlash va
bartaraf qilish va axborot
kodlari
QUYIDAGI BANDLARNI TEKSHIRING, AGAR KIR YUVISH MASHINASI...
MUAMMO
BARTARAF QILISH USULI
Ishga tushmayapti
• Kir yuvish mashinasi elektr ta’minot rozetkasiga ulanganligini
tekshiring.
• Eshik zich yopilganligini tekshiring.
• Vodoprovod jo’mragi (jo’mraklari) ochilganligini tekshiring.
• “Start/Pauza” tugmasi bosilganligini tekshiring.
Suv bilan yetarlicha
to’ldirilmagan yoki suv yo’q
• Vodoprovod jo’mragini to’liq oching.
• Suvni quyish shlangi muzlab qolmaganligini tekshiring.
• Suvni quyish shlangini to’g’rilang.
• Suvni quyish filtrni tozalang.
Kir yuvish sikli tugaganidan
so’ng bo’limda kir yuvish
vositasi mavjud
• Kir yuvish mashinasi yetarlicha suv bosimi ostida ishlayotganligini
tekshiring.
• Kir yuvish vositasi bo’lim markaziga solinganligini tekshiring.
Tebranmoqda yoki juda
shovqin bilan ishlayapti
• Kir yuvish mashinasi tekis yuzaga joylashganligini tekshiring. Agar
yuza notekis bo’lsa, Mashinani to’g’rilash uchun oyoqlar balandligini
rostlang.
• Transportlash boltlari olib tashlanganligini tekshiring.
• Kir yuvish mashinasi hech qanday boshqa predmetlarga
tegmayotganligini tekshiring.
• Kir bir tekisda yuklanganligini tekshiring.
Kir yuvish mashinasi suvni
chiqarmayapti va/yoki kirni
siqmayapti
• Suvni chiqarish shlangini to’g’rilang. Shlang bukilish joylarini bartaraf
eting.
• Chiqindi filtr ifloslanmaganligini tekshiring.
Eshik yopiq holatda blokka
tushib qolgan va ochilmayapti
• Barabandagi barcha suv to’kilganligini tekshiring.
• Eshik qulfining lampasi o’chirilganligini tekshiring. Suv chiqarilgandan
so’ng eshik qulfining lampasi o’chiriladi.
Agar muammo bartaraf etilmasa, Samsung mijozlarga xizmat ko’rsatish mahalliy markaziga murojaat qiling.
WF8500NH-02583C-15_UZ.indd 29
2013-12-10 16:22:05