Инструкция по эксплуатации Samsung LE32B460B2W

Страница 86

Advertising
background image

Raqamli televizor Xabarnomasi

1. Raqamli televideniyaga (DVD) tegishli funksiyalar faqatgina DVB-T (MPEG2 va MPEG4 AVC) raqamli er ustida uzatiladigan

signallar uzatiladigan yoki sizda DVB-T (MPEG2 va MPEG4 AVC)ga mos keluvchi kabelli televideniya xizmatidan foydalanish

imkoniyati bo’lgan mamlakatlar/mintaqalardagina mavjud. Iltimos mahalliy dillerlaringiz bilan DVB-T yoki DVB signallarni qabul

qilish imkoniyatini tekshiring.

2. DVB T bu raqamli televizor er usti eshittirishlarni uzatish uchun DVB Evropa konsortsumi standartidir va DVB C esa raqamli

televizorlarning kabel orqali eshittirishlar uzatishidir. Biroq, ba`zi bir differensiallashgan imkoniyatlar, ya`ni EPG ( Elektr

dasturlar ko`rsatmasi), VOD ( Talan bo`yicha video) kabi va boshqalar bu texnik ma`lumotlarga kiritilmagan. Shuning uchun

ularni bu lahzada amalga oshirib bo’lmaydi.

3. Garchi bu televizor [2008-yilning avgustiga ko’ra] so’nggi DVB-T va DVB-C standartlariga javob bersa ham kelajakdagi DVB-T

raqamli er ustida uzatiladigan va DVB-C raqamli kabelli eshittirishlar bilan mos kelishi kafolatlanmagan.

4. Ushbu televizor foydalaniladigan mamlakatlar/mintaqalarga bo’g’liq ravishda ba’zi bir kabelli televideniya ta’minotchilari

bunday xizmat uchun qo’shimcha haq olishlari va sizdan ularning shartlariga rozi bo’lishingiz talab qilinishi mumkin.

5. Ba’zi bir raqamli televideniya funksiyalari ba’zi bir mamlakatlar yoki mintaqalar uchun mavjud bo’lmasligi va DVB-C ba’zi bir

kabelli xizmat ta’minotchilari bilan to’g’ri ishlamasligi mumkin.

6. Batafsil ma’lumotlar olish uchun o’zingizning mahalliy Samsung mijozlariga xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Harakatsiz tasvirni namoyish qilishda ehtiyot choralari

Harakatsiz tasvir televizor ekranining doimiy nosozligiga sabab bo’lishi mumkin.

Harakatsiz tasvirni LCD (Suyuq Kristalli Ekran) panelida 2 soatdan ortiq vaqt davomida qoldirmang. Chunki bu ekrandagi

tasvirning doimiy saqlanib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Tasvirning bunday saqlanib qolishi qolishi “ekran kuyishi” sifatida

ham anglashiladi. Shu kabi tasvirning doimiy saqlanib qolishini oldini olish uchun, harakatsiz tasvirni namoyish etish paytida

ravshanlik va kontrast darajalarini kamaytiring.

SKE (LCD) televizorini 4:3 formatida uzoq vaqt davomida ko’rish ekranning har xil nurlar chiqazishi sababli

ekranning chap, o’ng va markazida chegaralar izlarini qoldirishga olib kelishi mumkin. DVD yoki o’yin

moslamasidan televizorda foydalanish ekranga xuddi shu kabi salbiy ta’sir qilishi mumkin. Kafolat shartlari

yuqorida ko’rsatilgan ta’sirlar natijasida sodir bo’lgan nosozliklarni qoplamaydi.

Video o’yinlar va kompyuterlardan harakatsiz tasvirni ko’rsatilgan vaqtdan ko’proq namoyish qilish qisman qoldiq tasvirlarni

hosil qilishi mumkin. Ushbu ta’sirning oldini olish harakatsiz tasvirlarni namoyish etishda “ravshanlik” va “kontrast” ni

kamaytiring.

© 2009 Samsung Electronics Co., Ltd. Barcha huquqlar himoyalangan.

BN68_02361H_00L04.indb 1

2009-05-18 �� 12:58:27

Advertising