Kir yuvish, Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF602W2BKWQ

Страница 160

Advertising
background image

28_ kir yuvish

Kir yuvish

Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik boshqarish tizimi
tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi kir yuvishning to’g’ri
harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

1. Vodoprovod jo’mragini oching.

2. Kir yuvish mashinasini yoqish/o’chirish tugmasini bosing.

3. Eshikchani oching.

4. Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l

qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5. Eshikchani yoping..

6. Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish vositalarni

yuklab qo’ying.

Dastlabki kir yuvish rejimi “Paxta”, “Sintetika”, “Djins“, “Ko’rpa-to’shak anjomlari“, “To’q rangdagi
buyumlar“, “Kundalik yuvish“, “Jadal“, “Jadal Eco” va “Bolalar kiyimlari” dasturi tanlangan hollatdagina
mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki kir yuvishdan foydalanish talab
qilinadi.

7. Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun Sikllar pereklyuchatelidan foydalaning: Paxta”,

“Sintetika”, “Djins”, “Ko’rpa-to’shak anjomlari”, “To’q rangdagi buyumlar”, “Kundalik yuvish”, “Barabanni Eco
tozalash”, “Intensiv Eco yuvish”, “Ust kiyimlar”, “Bolalar buyumlarini yuvish”, “Jundan qilingan buyumlar”,
“Qo’lda yuvish”. Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.

8. Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar soni va kir

yuvishni qoldirish vaqtlarni tanlash mumkin.

9. start/Pauza tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori yonadi va displeyda siklning

qolgan vaqti aks ettiriladi..

Pauza funksiyasi
Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.

1. Eshikni blokdan chiqarish uchun start/Pauza tugmasiga bosing.

Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin emas.

2. Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun start/Pauza tugmasini bosing.

Kir yuvish sikli tugaganida:
Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.

1. Eshikni oching.

2. Kirni oling.

WF702W2BK-03148A-08_UZ.indd 28

2014-3-7 14:24:12

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: