Инструкция по эксплуатации Samsung WF602B2BKSD

Страница 134

Advertising
background image

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi.
O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi bilan yangi Samsung kir
yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va quvonchli ishga aylantirishga imkon
beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• Quvvatlarni tejash

Ushbu model ko’piklarni hosil qilish bo’yicha maxsus tizimi (Bubble generator) va Samsung Inverter

invertor dvigateli tufayli A sinfdagi standart mashinaga nisbatan quvvatlardan yanada samarali

foydalanish bilan ta’minlaydi.

• Kamroq shovqin va tebranishlar

Samsung kompaniyasining ushbu kir yuvish mashinasi o’zida mavjud bo’lgan eng kam darajadagi

tebranishlarni ta’minovchi ichki qurilgan mantiqli boshqaruv tizimining mavjudligi tufayli shovqinlar va
tebranishlarni eng kam darajaga keltirgan holda juda tinch ishlaydi.

• Tezkor kir yuvish

Vaqtingizni bekorga sarflashingizning keragi yo’q! Bizning 15 daqiqalik tezkor kir yuvishga mos keluvchi
Быстрая 15’ (Tezkor 15’) dasturimiz sizga kir yuvish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishingizga imkon
beradi. Endi siz o’zingizning yoqtirgan kiyimlaringizni (2 kg gacha) 15 daqiqada yuvishingiz mumkin!

• Barabanni Eco tozalash

Barabanni Eco tozalashdan foydalanish kimyoviy tozalovchilar yoki oqartiruvchilarsiz kir yuvish

mashinangizni toza saqlashingizga yordam beradi. Barabanni tozalashning maxsus dasturi tufayli
baraban begona hidlarsiz toza holda saqlanadi.

• Bolalar buyumlarini yuvish

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini
qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining
qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va
kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar
kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.

• Qo’lda kir yuvish

Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga
erishiladi.

WF7022BB-03149A-06_UZ.indd 2

2013-12-12 14:50:07

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: