Ўзбек – Инструкция по эксплуатации Vitek VT-3952

Страница 38

Advertising
background image

ЎЗБЕК

8

CD/МР3 VT-3952 магнитоласи

FOYDALANISH YO’RIQNOMASI

Buyumni ulash, undan foydalanish va uni sozlashdan avval ushbu yo’riqnomani diqqat bilan o’qib

chiqing. Bu qo’llanmada keltirilgan buyumdan foydalanish yuzasidan barcha ogohlantirishlarga va

tavsiyalarga amal qilish lozim..

Bu qo’llanmani saqlab qoling, keyinchalik undan ma’lumot uchun yig’ma materiallar sifatida

foydalaning.

DIQQAT!

Elektr tok zarbasining xavfi bor!

OCHILMASIN!

Ogohlantirish: Yong’in yoki elektr tokning zarbasiga uchramaslik uchun buyumni yomg’ir yoki namlik

ta’sirida qoldirmang. Elektr zarbasiga uchramaslik uchun buyumning korpusini o’zingiz mustaqil

ochmang.

Servis xizmat ko’rsatishni faqat servis markazlarining malakali mutaxassislari amalga oshirishi lozim.

Teng tomonli uchburchak ichidagi yashin belgisi foydalanuvchiga buyum ichidagi xavfli

kuchlanish borligini ko’rsatadi, u elektr tokining zarbasi tufayli shikastlanishga olib

kelishi mumkin.

Teng tomonli uchburchak ichidagi undov belgisi foydalanuvchiga buyumdan foydalanish

yo’riqnomasida muhim tavsiyalar borligini ko’rsatadi.

CLASS 1 LASER PRODUCT

Ushbu buyum 1 SINF TOIFASIDAGI LAZER MAHSULOT kabi tasniflanadi. Bunga oid tegishli yorliq

buyumning orqa panelida joylashgan va buyum lazer nurlaridan foydalanishini bildiradi. Buyum

ochilmagan holda lazer nurlanishining imkoniyati mavjud emas. BUYuMGA XIZMAT KO’RSATISh

FAQAT SERVIS MARKAZINING MALAKALI MUTAXASSISLARI TOMONIDAN AMALGA OShIRILIShI

LOZIM.

EHTIYOT CHORALARI

Elektr ta’minot manbalariga ulanish

Elektr ta’minot tarmogidagi kuchlanish buyumning ish kuchlanishiga mos kelishini tekshiring.

Buyumga tomchilar tegishi yoki suv sachrashidan ehtiyot bo’ling. Buyumga suv bilan idishlarni

(masalan, guldonlarni) qo’ymang.

Tarmoq simi tarmoqqa ulangan bo’lsa, asbob shtekeri esa buyumga ulanmagan bo’lsa, u soz holatda

bo’lishi kerak

Yong’in yoki elektr tokining zarbasi bilan shikastlanish kelib chiqmasligi uchun ushbu buyumni

yuqori namlik sharoitlarida (vannalarga yaqin joyda, suvli idishlar, oshxona chig’anoqlari, kir yuvish

mashinalari yonida, suzish havzalari yonida, zax yerto’lalar ichida va shu kabi joylarda) joylashtirmang.

Buyumga suyuqlik tomchilari yoki sachragan tomchilar tushishiga yo’l qo’ymang. Buyumni suvga

botirish qat’iyan taqiqlanadi.

3952IM.indd 38

20.06.2008 11:40:05

Advertising