Инструкция по эксплуатации Samsung GE712AR
Страница 84
18
O'ZBEKCHA
GRIL
Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan.
Ular faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi.
Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Agar gril
avvaldan 2-3 daqiqa qizdirib olinsa, tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari: Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin
bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish kerak. Plastmassa idishdan
foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar: Ezilgan go'shtlar,
sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari,
baliqning yupqa bo'laklari, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh: Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi
orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida
gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko'rsatmalarda
boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish
kerakligini yodda tuting.
MIKROTO'LQIN + GRIL
Bu rejim o'zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto'lqinlar bilan ta'minlanuvchi
tayyorlash tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis
aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq
qizartirilishini ta'minlaydi. Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil birlashgan
rejimi mavjud: 600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin + gril rejimi uchun oxshona anjomlari: Mikroto'lqinlarni
o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli
bo'lishi kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona
anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib
ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar: Birlashgan
rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan
(masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun
ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan
yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan
taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi bilan
ag'dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq
ma'lumotlar olish uchun grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh: Bigalikdagi (mikroto'lqin + gril) rejimidan foydalanganda grilning
qizdiruvchi elementi orqa devorda vertikal holatda emas, balki pechning
yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil qiling.
Agar ko'rsatmalarda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori
polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda uni bevosita aylanuvchi patnisga
joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang.
Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish
kerak.
Grilda tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taomni pishirishdan oldin pechni gril rejimida 2-3 daqiqa yoqib qo'ygan
holda isitgichni avvaldan qizdiring. Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari
va vaqt oraliqlaridan grildan foydalanib tayyorlash uchun qo'llanma sifatida
foydalaning.
Yangi
mahsulotlar
Porsiya
Tayyorlash
rejimi
1
-
tomon
uchun
sarf. vaqti
(daq.)
2
-
tomon
uchun
sarf. vaqti
(daq.)
Ko'rsatmalar
Tost
bo'laklari
4 dona
(4 x 25 g)
Faqat gril
6-7
5-6
Tostlarni yonma-yon panjara
ustiga qo'ying.
Bulochkalar
(yangi
pishirilgan)
2-4 dona
Faqat gril
3-4
2-3
Bulochkalarni panjara ustiga
aylana shaklida avval tagini
yuqoriga qaratib joylashtiring.
Tomat-gril
250 g
(2 dona)
300 Vt +
Gril
5½ -6½
-
Pomidorlarni teng ikkiga
bo'ling. Ustiga tuz, murch va
ozgina pishloq qo'ying. Ularni
issiqqa chidamli shishadan
yasalgan tekis idishga aylana
shaklida joylashtiring. Idishni
panjaraga qo'ying.
Gavaycha
tost
2 dona
(300 g)
300 Vt +
Gril
7-9
-
Avval non bo'laklarini
qovuring. Nonga
ingredientlarni (vetchina,
ananas, pishloq bo'laklari)
qo'ying va tostni panjaraga
yonma-yon joylashtiring.
Tayyorlagandan keyin 2-3
daqiqa kuting.
Tovuq
qanotchalari
(sovutilgan)
400-500 g
(6 dona)
300 Vt +
Gril
12-14
11-13
Muzlatgichdan olingan
sovutilgan tovuq bo'laklari,
masalan, qanotchalari yoki
oyoqchalarini yog' bilan
yog'lang va ziravorlar seping.
Ularni suyaklari o'rtaga
qilib panjaraga aylana
shaklda joylashtiring. Grilda
tayyorlagandan keyin 2-3
daqiqa kuting.
GE712AR_BWT_DE68-04050M-03_UZ.indd 18
2013-11-28 �� 7:45:15