Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar, Muhim xavfsizlik belgilari – Инструкция по эксплуатации Samsung WW10H9600EW

Страница 167

Advertising
background image

O’zbek - 3

XA

VFSIZLIK BO'YICHA MA'L

UMO

TLAR

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo’llanmada kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan
foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko’pgina afzalliklari
va imkoniyatlaridan to’liq darajada foydalanish uchun ushbu qo’llanmani o’qib chiqing.

Texnika xavfsizligi ko’rsatmalari to’g’risida muhim ma’lumotlar

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko’pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni
bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo’llanmani diqqat bulan o’qib chiqing. Sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin
bo’lgan ma’lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo’llanmani mashinaga yaqin bo’lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu
mashinadan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va
vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda siz sog’lom fikr bilan ish
ko’rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta’minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo’lganligi uchun kir yuvish
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham
sizning mashinangizga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, sizga eng yaqin bo’lgan
xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma’lumotlar toping.

Muhim xavfsizlik belgilari

Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi
ma’nolarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH: Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy jarohat olish, o'lim va/
yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT: Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jarohat olish va/yoki mulklarning
zararlanishiga olib kelishi mumkin.

IZOH

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan.
Iltimos, ularga qat’iy amal qiling.
Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirish uchun uni
ishonchli joyda saqlang.
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz
tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.

Untitled-6 3

2014-03-20 �� 12:16:57

Advertising