Инструкция по эксплуатации Samsung WF1802WFVS-YLP

Страница 137

Advertising
background image

ehtiyotkorlik choralari _5

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu
yerga joylashtirilgan.
Iltimos, ularga qat’iy amal qiling.
Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan
ma’lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.

Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar
mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib
chiqing va undan foydalanganda tegishli qarovni amalga oshiring.

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki

uning ichida o’ynashiga yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasi

eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina

ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu

mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida

ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan

xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8

yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari

cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan

shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir

yuvish mashinasini o’ynamasliklari kerak. Tozalash va

texnik xizmat ko’rsatish faqatgina nazorat ostida bolalar

tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ularning mashinani o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish

uchun bolalarni kuzatib turing.
Agar shtepsel vilkasi yoki elektr tarmog’iga ulash shnuri

shikastlangan bo’lsa, u ishlab chiqaruvchi yoki uning xizmat

ko’rsatuvchi agenti yoki vakolatli mutaxassis tomonidan

almashtirilishi kerak.
Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri,

vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish

mumkin bo’lgan tarzda o’rnatilishi kerak.
Tag qismida sovutish tirqishlari bo’lgan kir yuvish

mashinalarini o’rnatganda tirqishlarning gilam yoki boshqa

buyumlar bilan to’silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Yangi shlanglardan foydalanish lozim. Eski shlanglardan

foydalanmang.

OGOHLANTIRISH!

WF1802WF-03061B-08_UZ.indd 5

2014-1-29 11:30:21

Advertising