Kir yuvish, Mening dasturim, Smart care funksiyasi – Инструкция по эксплуатации Samsung WW60H5200EW

Страница 156

Advertising
background image

O'zbekcha - 24

Mening dasturim

Bitta qulay tugma bilan sizga odatiy yuvishni (harorat, siqish, chayish va h.k.z) faollashtirish imkonini beradi.

Dasturning saqlangan qo’shimcha funksiyalarini yuklash va foydalanish uchun mening dasturim

( ) tugmasini bosing. “Mening dasturim” chirog’i uning faollashtirilganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari

tanlangan dastur va qo’shimcha funksiyalarning signally chiroqlari miltillaydi.

Siz o’zingizga kerak bo’ladigan barcha qo’shimcha funksiyalarni “Моя программа (Mening dasturim)”

dasturida o’rnatishingiz mumkin

1. Vodoprovod jo’mragini oching.

2. Yoqish/O'chirish tugmasini bosing. ( ).

3. sikllar ulagichidan foydalangan holda siklni tanlang.

4. Sikl tanlangandan keyin barcha qo’shimcha funksiyalarni o’rnating.

Har bir sikl uchun mavjud qo’shimcha funksiyalarni o’rnatish uchun 37-betdagi “dasturlar jadvali”-ga

qarang.

5. Shundan keyin siz tanlangan sikl va qo’shimcha funksiyalarni Mening dasturim rejimida “mening

dasturim)( )” tugmasini kamida 3 soniya bosib turgan holda saqlashingiz mumkin. Siz keyingi safar

Mening dasturim-ni tanlaganingizda siz tanlaydigan sikl va qo’shimcha funksiyalar namoyish qilinadi.

Siz yuqorida keltirilgan jarayonni takroran bajargan holda Mening dasturim funksiyasi parametrlarini

o’zgartirishingiz mumkin.

Siz so’nggi marta foydalangan parametrlar keyingi safar Mening dasturim-ni tanlaganingizda yana

namoyish qilinadi.
Agar Siz Mening dasturim tugmasini bossangiz va 3 soniya bo’lmasdan turib qo’yib yuborsangiz, avval

saqlangan kir yuvish dasturi va qo’shimcha funksiyalar namoyish qilinadi. Agar Siz Mening dasturim

tugmasini bossangiz va 3 soniyadan ko’proq vaqt ushlab tursangiz, hozirda o’rnatilgan kir yuvish
dasturi va qo’shimcha funksiyalar saqlanadi va yorug’liq diodli indikator 3 soniya miltillab turadi.

Smart Care funksiyasi

Ushbu funksiya mashina holatini smartfon yordamida aniqlash imkonini beradi.

1. Agar mashinada xato haqida xabar paydo bo’lsa yoki hech qanday tugmani

bosmagan bo’lsangiz Smart Care funksiyasidan foydalanish uchun Отжим

(siqish) va Опции (Opsiyalar) bosing va 3 soniya davomida ushlab turing.

• Ushbu funksiyadan foydalangandan so’ng xato kodi haqidagi ma’lumot

yo’q bo’ladi.

2. Smart Care funksiyasini faollashtirganingizdan so’ng ekranda 2 yoki 3 soniya

davomida diod chiroqli ko’rsatkich aylanadi, so’ngra ekranda Smart Care

ko’rsatkichi aks etadi.

3. Smart Care ilovasini smartfoningizda faollashtiring.

Smart Care funksiyasi Galaxy S, Galaxy S2, iPhone 4 va iPhone 4S kabi

smartfonlarida ishlaydi.

4. Smartfoningiz kamerasini kir yuvish mashinasining ko’rsatkich paneliga

qarating.

5. Smartfon kamerasini kir yuvish mashinasining ko’rsatkich paneliga qaratganingizdan so’ng, xato

haqidagi xabar avtomatik tarzda aniqlanadi, xato turlari va ularni bartaraf qilish choralari smartfonda aks

etadi.

6. Agar smartfon ketma-ket ikki martadan so’ng xatoni aniqlamasa, iltimos, kir yuvish mashinasidagi aks

etayotgan xato kodini SmartCare funksiyasining ilovasiga qo’lda kiriting. SmartCare funksiyasining

ilovasini yuklab olish.

Samsung Laundry App ilovasini Android Market yoki Apple App Store saytlaridan mobil

telefoningizga yuklab oling. (Qidirish uchun kalit: Samsung Smart Washer) Smart Care funksiyasidan

foydalanishda ehtiyot choralari.

Agar kir yuvish mashinasining ko’rsatkich panelida cho’g’lanish chirog’i, kunduzgi chiroq, yoki

boshqa yorug’lik tarqatuvchi narsaning yorug’ligi aks etsa, smartfon ko’rsatkich panelini yoki xato

haqidagi xabarni tanishga qiynaladi.

Agar smartfonni ko’rsatkich panelining yuza tarafiga juda katta burchak ostida tutsangiz, telefon

xato kodini taniy olmaydi. Samarali ishlash uchun smartfonni ko’rsatkich paneliga parallel yoki
deyarli parallel holatda ushlang.

kir yuvish

3 soniya.

WW60H5200EW-03384C-01_UZ.indd 24

2014-3-6 15:12:12

Advertising