Инструкция по эксплуатации Samsung ME713KR

Страница 46

Advertising
background image

4

O'ZBEKCHA

USHBU YO’RIQNOMADAN FOYDALANISH

Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto’lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu

"Foydalanuvchi uchun yo’riqnoma"da mazkur mikroto’lqinli pechdan qanday

foydalanish bo’yicha foydali ma’lumotlar bor.

• Ehtiyotkorlik choralari
• Qo’llash uchun mos keladigan anjomlar va idishlar
• Taom tayyorlash bo’yicha foydali maslahatlar
• Taom tayyorlash bo’yicha maslahatlar

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO’RSATMA

XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR.

DIQQAT BILAN O’QING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN

SAQLAB QO’YING.

Pechdan foydalanishdan avval quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishib

chiqing va ularga amal qiling.

• Jihozdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan undan foydalanish

uchun mo’ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo’llanmadagi

ogohlantiruvchi xabarlar va texnika xavfsizligi bo’yicha muhim yo’riqnomalar

bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi.

Qurilmani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda

foydalanuvchi sog’lom fikr bilan ish ko’rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo’lishi

kerak.

• Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasi bir nechta modellarga mo’ljallanganligi

uchun mikroto’lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan

xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga

tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar

bo’lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki

quyidagi saytdan ma’lumotlar oling: www.samsung.com.

• Ushbu mikroto’lqinli pech taomlarni isitish uchun mo’ljallangan. Qurilma

faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo’ljallangan. Donlar bilan to’ldirilgan

hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong’in

chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto’g’ri

foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga

olmaydi.

• Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda xavfli

holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

BELGILAR VA NISHONLARNING BAYONI

OGOHLANTIRISH

Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e’tiborsizlik bilan qarash

jiddiy jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e’tiborsizlik bilan qarash

yengil jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib

kelishi mumkin.

Ogohlantirish — yonish xavfi

mavjud.

Ogohlantirish — issiq yuza.

Ogohlantirish — elektr toki

mavjud.

Ogohlantirish — portlovchi moddalar.

Kuch ishlatmang.

Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.

Qismlarga ajratmang.

Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini

rozetkadan uzing.

Tegib ketmang.

Elektr toki urishini oldini olish uchun taom

pishirish panelining yerga ulanganligiga

ishonch hosil qiling.

Yordam olish uchun xizmat

ko’rsatish markaziga

murojaat qiling.

Izoh.

Muhim ma’lumot.

MIKROTO’LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY TA’SIRINI

OLDINI OLISH BO’YICHA EHTIYOTKORLIK CHORALARI.

Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto’lqinli nurlanishning organizmingizga

zararli ta’siriga olib kelishi mumkin.

(a) Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni yoqishga urinmang,

blokirovka qiluvchi fiksatorlar (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi

fiksatorlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.

(b) Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni qo'ymang, zichlovchi

yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho’kindilari to’planishiga yo’l

qo’ymang. Pechdan foydalangandan so’ng, eshikcha va uning zichlovchi yuzasini

oldin ho’l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.

(c) Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli buyumlar

bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan ta’mirlanmaguncha, undan foydalanmang.

Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani juda muhim:

ME711KR_ME712KR_ME713KR-BWT_DE68-03897E-02_UZ.indd 4

2013-11-28 �� 10:28:14

Advertising