Kir yuvish mashinasini o’rnatish, Qadam kalibrlash rejimini ishlatish – Инструкция по эксплуатации Samsung WF700U0BDWQ

Страница 146

Advertising
background image

20_ kir yuvish mashinasini o’rnatish

Suvni chiqarish shlangini ulash

Suvni chiqarish shlangining uchini uch usulda joylashtirish mumkin.

1. Rakovina yon devori orqali: suv chiqarish shlanggi 60-90 sm balandlikda joylashishi kerak. Suv chiqarish

shlangining uchi egilgan bo’lishi uchun kir yuvish mashinasining to’plamida mavjud bo’lgan shlangni
plastmassa ushlagichidan foydalaning. Suv chiqarish shlangi joyidan siljib ketmasligining oldini olish
uchun ushlagichni ilgak yordamida devorga yoki arqon yordamida vodoprovod jo’mragiga mahkamlab
qo’ying.

2. Rakovinani suv chiqarish quvurining tirqishiga: suv chiqarish quvurining ajralgan joyi shlang uchi pol

sathidan 60 sm pastroq bo’lishi uchun rakovinaning suv chiqarish sifonidan yuqoriroq joylashishi kerak.

3. Suv chiqarish quvurida: 65 sm balandlikka ega vertikal quvurdan

foydalanish tavsiya etiladi; u 60 sm kalta va 90 sm uzun bo’lmasligi
kerak.

Suv chiqarish uchun ustunning parametrlari:
• Eng kam darajadagi diametri 5 sm.
• Suv chiqarishning eng kam darajadagi tezligi daqiqasiga 60

litr.

5-QaDam
Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’iga ulash

Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi eruvchan saqlagich yoki avtomatik vklyuchatel bilan
himoyalangan 220-240 V/50 Gz li ruxsat berilgan rozetkaga ulang. (Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo’lgan
talablar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 14-betga qarang).

Sinovdan o’tkazish
O’rnatish tugallangandan keyin Chayish+siqish rejimlarini ishlatib ko’rish orqali kir yuvish
mashinasining to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

6-QaDam
Kalibrlash rejimini ishlatish

Ushbu Samsung kir yuvish mashinasi yuviladigan kirlar og’irligini avtomatik ravishda aniqlaydi. Og’irlikni
aniqroq aniqlash uchun kir mashinasi o’rnatib bo’lingandan keyin darhol Kalibrlash rejimini ishlatish tavsiya
qilinadi. Kalibrlash rejimini ishlatish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

1. Kalibrlash rejimini ishlatishdan avval bakning ichida yoki kir yuvish mashinasining ustida hech nima

yo’qligiga ishonch hosil qiling. Kir yuvish mashinasini o’chiring.

2. harorat va Kir yuvish kechiktirish tugmalarini bir vaqtda bosib turgan holda yoqish/o’chirish

tugmasini bosing.Kir yuvish mashinasi yonadi.

3. Kalibrlash rejimini ishga tushirish uchun ishga tushirish tugmasini bosing.

4. Baraban 3 daqiqacha soat streklasi yo’nalishida va soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda aylanadi.

5. Kalibrlash rejimi tugallangandan keyin displeyda End(En) namoyish qilinadi va kir yuvish mashinasi

avtomatik ravishda o’chadi. Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.

Kir yuvish mashinasini o’rnatish

Suv chiqarish shlangi

Shlang ushlagichi

60 - 90 sm

60 ~ 90 cm

WF700U0BD-03423A_UZ.indd 20

2014/3/22 18:54:36

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: