Инструкция по эксплуатации Samsung WF1600WRW

Страница 134

Advertising
background image

2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

yangi samsung kir yuvish

mashinasining funksiyalari

Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.

• “Eco Bubble” texnologiyasi

Yuvish jarayonida Eco Bubble texnologiyasi ko’piklar Generatori harakatlari, oz miqdordagi
suvni havo va kir yuvish vositalari (kukun, tabletka yoki suyuqlik ko’rinishidagi kir yuvish
vositalari bilan ishlay oladi) bilan tezkor aralashtirish hisobiga kir yuvish vositalarini anchahgian
ertaroq va tezroq faollashtiradi. Shu tufayli barabanda u yerga suvning asosiy porsiyasi
tushishidan avval ko’pikli yostiqcha hosil bo’ladi va kir yuvish vositalari bilan to’yingan ko’piklar
matoga oddiy kir yuvish mashinalaridagiga nisbatan tezroq va samaraliroq kiradi, bu esa
anchagina pastroq haroratlarda toz kir yuvish bilan ta’minlaydi.

• Intensiv Eco kir yuvish dasturi

Ko’pikli kir yuvish texnologiyasi – bu ayniqsa Intensiv Eco rejimi tanlangan hollarda elektr
quvvatlarini tejab qolishning yangi samarali usuli. Agar siz Intensiv Eco dasturini tanlagan
bo’lsangiz, 15°C haroratga ega bo’lgan sovuq suvda kir yuvish 40°C haroratga ega bo’lgan
suvdagi oddiy kir yuvishga mos keladi va bunda elektr quvvatlari tejab qolinadi. Agar siz
40°C haroratdagi Intensive Eco dasturini tanlasangiz, 60°C haroratli suvda oddiy rejimda kir
yuvganda olishingiz mumkin bo’lgan kir yuvish sifatiga ega bo’lasiz. Siz qo’shimcha vaqt
sarflamagan va unumdorlikni pasaytirmagan holda elektr quvvatlarini tejab qolishingiz mumkin.

• Ustki kiyimni yuvish dasturi

Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga
olgan holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv
o’tkazmaydigan kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco
Bubble dasturi tomonidan hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni
zarbalar va ishqalanishlar tomonidan yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda
ust kiyimning eng kam darajada eskirishini ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala
qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.

• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni

Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning
kiyimlarini qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar
terisining qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar
turlarga ajratiladi va kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga
oshiriladi, shu bilan bolalar kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza
ko’rinishiga erishiladi.

• Wool Certified (Mashina jundan qilingan mahsulotlarni yuvish

uchun sertifikatga ega) belgisi

Mashina Woolmark Company kompaniyasi tomonidan jundan qilingan mahsulotlarni
mashinada yuvishga nisbatan o’rnatilgan talablarga muvofiqligi sinovdan o’tkazilgan va
tekshirilgan. Bu belgi orttirilgan sertifikatsiya, ya’ni nafaqat yuvishning bajarilishini, balki jundan
qilingan matolarning himoya qilinishini ham kafolatlovchi Woolmark kompaniyasining mavjud
belgisiga nisbatan yaxshiroq belgi hisoblanadi. Matoni kiyim birkasida ko’rsatilgan Woolmark
va Samsung kompaniyalari tavsiyalariga muvofiq tarzda yuvish kerak.

WF1602WR-02795D-11_UZ.indd 2

2014-3-6 14:31:22

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: