Ehtiyotkorlik choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WD806U2GAWQ

Страница 136

Advertising
background image

4_ O'zbekcha

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko’rsatmalarni o’qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar

mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing

va undan foydalanganda tegishli qarovni amalga oshiring.

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki

uning ichida o’ynashiga yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasi

eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina

ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu mashinadan

xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular

bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish

mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy

qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan

shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish

mashinasini o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat

ko’rsatish faqatgina nazorat ostida bolalar tomonidan amalga

oshirilishi mumkin.
Ularning mashinani o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun

bolalarni kuzatib turing.
Agar shtepsel vilkasi yoki elektr tarmog’iga ulash shnuri

shikastlangan bo’lsa, u ishlab chiqaruvchi yoki uning xizmat

ko’rsatuvchi agenti yoki vakolatli mutaxassis tomonidan

almashtirilishi kerak.
Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri,

vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish

mumkin bo’lgan tarzda o’rnatilishi kerak.
Tag qismida sovutish tirqishlari bo’lgan kir yuvish mashinalarini

o’rnatganda tirqishlarning gilam yoki boshqa buyumlar bilan

to’silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Yangi shlanglardan foydalanish lozim. Eski shlanglardan
foydalanmang.

OGOHLANTIRISH!

ehtiyotkorlik choralari

WD806U2GA-03344B-02_UZ.indd 4

2014/5/30 17:09:27

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: