Ehtiyotkorlik choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WF-T592NMW

Страница 130

Advertising
background image

10_ Ehtiyot choralari

Agar issiq suv tizimingizdan ikki hafta yoki undan ko’proq muddat foydalanilmagan bo’lsa, kir

yuvish mashinasidan foydalanishdan avval uyingizdagi barcha issiq suv kranlarini ochib qo’ying

va suvni bir necha daqiqa oqizib qo’ying. Bu barcha hosil bo’lgan vodorodning chiqib ketishiga

imkon beradi. Bu vaqt ichida chekish va ochiq ko’rinishdagi olov yoqmaslik kerak, chunki

vodorod portlovchan gaz hisoblanadi. Agar gaz chiqib ketish hollari sodir bo’lsa, elektr ta’minot

vilkasiga tegmagan holda xonani darhol shamollating.
Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni

(yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar

kabilar) qo’ymang.
- Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki

jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin

Kir yuvish mashina sirtiga insektitsidlar kabi tez bug’lanuvchi materiallarni sepmang.
- Odam uchun havfli bo’lish bilan bir vaqtda bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi yoki

mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
- Bu noto’g’ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo’ladi.

Bunday suvga tegmang.
- Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo’lmasa,

o’tirg’ichlar uchun suv o’tkazmaydigan to’shamalar, bo’yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang,

siqmang yoki quritmang.
- Qalin, qattiq to’shamalarni yuvmang.
- Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki

kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.

- Jundan qilingan choyshablar, yomg’irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari,

chang’ichilarning shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo’rgak qoplamalari, bolalar tagliklari

hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.

Kir yuvish vositasi qutisi o’z joyiga qo’yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
- Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq

bo’ladi.
- Bu kuyishga sabab bo’lishi mumkin.
Qo’lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.
- Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo’lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi

tomonidan ushlab qolinishi mumkin. Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo’lgan

narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari, ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi)

solmang.

- Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining

jarohatlanishi va o’limiga olib kelishi mumkin.

Sochto’g’nag’ich, pichoq, tirnoq kabi o’tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
- Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari do’konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar,

kremlar yoki los’onlar bilan ifloslangan kiyimlarni yuvmang.
- Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo’lishi va suvning chiqib ketishiga olib

kelishi mumkin.

Nina to’g’nag’ichlar, soch to’g’nag’ichlari yoki oqatrirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda

uzoq vaqt qoldirmang.
- Bu barabanning zanglashiga olib kelishi mumkin.
- Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo’la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash

vositasini seping va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall

chyotkadan foydalanmang.

Ehtiyotkorlik choralari

WF-M592NM-02796A-14_UZ.indd 10

2013-12-12 13:23:40

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: