Ichki qismlarni chiqarib olish – Инструкция по эксплуатации Samsung RR35H6150SS
Страница 75
O'zbekcha - 21
ISHLA
TISH
Uzatgichdan suvni olish
Stakaningizni suv chiqish joyi tagiga qo'ying va
stakan bilan avaylab suv uzatgich pishangini itaring.
• Suvning sachrab ketishini oldini olish
uchun shisha idishning uzatgich bilan bir
chiziqda ekaniga ishonch hosil qiling.
• Modelga bog'liq ravishda suv uzatgichi mavjud
bo'lmasligi mumkin.
ICHKI QISMLARNI CHIQARIB
OLISH
Olinuvchi gastronom-bunker
Gastronom-bunkerni chiqarib olish uchun uni to'liq
tortib chiqaring va keyin bir oz ko'taring.
Polkalar
Polkalarni ikkala qo'lingiz bilan ehtiyot bo'lgan
holda ko'taring va o'zingizga torting.
(Shisha polka/Taxlanuvchi polka)
Tortmalar
Qutilarni chiqarib olish uchun qutilarni tashqariga
to'liq tortib chiqaring, keyin yuqoriga biroz
ko'taring.
(Plastik qutilar/Namlik saqlovchi katta quti)
Eshik zulfaklari
Eshik zulfaklarini ikkala qo'lingiz bilan mahkam
ushlang va olish uchun ehtiyotkorlik bilan ko'taring.
Suv baki
Ikki qo'lingiz bilan suv bakini mahkam ushlang va
uni ajratib olish uchun asta-sekinlik bilan o'zingiz
tomon yuqoriga ko'taring.
Modelga bog'liq ravishda suv bakii mavjud
bo'lmasligi mumkin.
DA68-03008L-01.indb 21
14. 7. 4. �� 1:47