O’rnatish bo’yicha talablar, Elektr ta’minoti va yerga ulash, Suv quyish – Инструкция по эксплуатации Samsung WW12H8400EW-LP

Страница 152

Advertising
background image

O’zbek - 12

O’rnatish bo’yicha talablar

Elektr ta’minoti va yerga ulash

• 220-240 V / 50 Gts o’zgaruvchan tok saqlagichi yoki zanjir uzgichi talab qilinadi
• Faqat kir yuvish mashinasi uchun mo’ljallangan alohida zanjir tarmog’idan foydalaning
Yerga to’g’ri ulashini kafolatlash uchun kir yuvish mashinasi yerga ulangan rozetkada foydalanish uchun mo’ljallangan yerga ulash
kabeliga ega bo’lgan uch shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.
Agar yerga ulanganligi to’g’risida ishonchingiz komil bo’lmasa, malakali elektr tizimi mutaxassisi yoki xizmat ko’rsatuvchi mutaxassisga
murojaat qiling.
Berilgan vilkani o’zgartirmang. Agar u rozetkaga mos kelmasa, to’g’ri keluvchi rozetka o’rnatish uchun malakali elektr tizimi mutaxassisi
murojaat qiling.

OGOHLANTIRISH
• Uzatma simidan FOYDALANMANG.
• Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr manbaiga ulash shnuridan foydalaning.
• Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod liniyalari, gaz ta'minlash liniyalari yoki issiq suv trubasiga ULAMANG.
• Noto'g'ri ulangan yerga ulash o'tkazgichlari elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Suv quyish

Ushbu kir yuvish mashinasi uchun mos suv bosimi 50 kPadan 800 kPagachadir. 50 kPadan kamroq bo’lgan suv bosimi suv klapanining
to’liq yopilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Yoki u kir yuvish mashinasining o’chib qolishiga olib keluvchi barabanni to’ldirish uchun
uzoqroq vaqt kelishiga olib kelishi mumkin. Mashina bilan birga berilgan suv quyish shlanglari kir yuvish mashinasiga yetishi uchun suv
kranlari kir yuvish mashina orqa panelidan 120 smdan kamroq masofada bo’lishi kerak.
Suv oqib ketishi xavfini kamaytirish uchun
• Suv kranlaridan osongina foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qiling.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranlarni yopib qo’ying.
• Suv quyish shlanglari to’plamidan suv oqmayotganligini muntazam ravishda tekshirib turing.

DIQQAT
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod kranlariga ulanadigan barcha
joylardan suv oqib ketmayotganligini tekshiring.

Untitled-8 12

2014-03-31 �� 2:36:44

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: